So’nggi yangiliklar

21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  2 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  1 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  6 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  10 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2

"Paxtakor" Derdiyokni ketkazib to'g'ri qildimi? Yangiliklar

"Paxtakor" Derdiyokni ketkazib to'g'ri qildimi?

Eren Derdiyok "Paxtakor" safidagi qisqa faoliyatdang so'ng klubni tark etdi.

Malum bo'lishicha, ushbu hujumchining maoshi nihoyatda kattaligi klub yangi rahbariyatiga maqul kelmagan. SHundan so'ng tomonlar o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishgan. 

"Paxtakor" futbol klubi raisi, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev topshirig'iga binoan "Paxtakor" futbolchilarining yillik maoshlari matbuotda elon qilindi. Aytish mumkinki, bu futbolimizda o'ziga xos sensaciyani yuzaga keltirdi. CHunki bungacha hech bir klub pul bilan bog'liq narsalarni oshkor qilmagandi. 

Muxlislarga taqdim etilgan malumotga ko'ra, shveycariyalik futbolchining yillik maoshi 1,300,000 (bir million uch yuz ming) dollar ko'rsatilgan. Albatta, bu juda katta pul.

Derdiyok "Paxtakor"ni tark etganidan so'ng "Uning ketishiga munosabatingiz qanday?" mazmunida telegram kanalimizga so'rovnoma qo'ygandik. Bugun javoblarni malum qilamiz. 

O'tgan vaqt mobaynida so'rovda 12 mingdan ziyod o'quvchi ishtirok etib, ularning eng ko'p 71 foizi "Yaxshi bo'ldi, shuncha pul olib foydasi tegmayotgandi" variantni belgilagan. 21 foiz muxlis esa "Menga Derdiyok qiziq emas" variantida to'xtalgan. 

SHuningdek 3 foizdan o'quvchi "Yomon bo'ldi, endi "Paxtakor" hujumchisiz qiynaladi" hamda "Hech bo'lmasa mavsumni tugatib keyin ketsa bo'lardi" degan to'xtamga kelishgan bo'lsa, 2 foiz o'quvchi "To'g'risi, bir narsa deyishga hayronman" variantini belgilashgan. 

Malumot uchun, Eren Derdiyok bu mavsum Superligada 3ta, OCHLda esa 1ta gol urdi. Uning ketgani "Paxtakor"ga qanchalik tasir qilishini albatta oliy hakam vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика