"Derby della Madonnina" yoxud A Seriya 4-tur prevyusi
16 sen 2023 17:35
Yangiliklar
"Derby della Madonnina" yoxud A Seriya 4-tur prevyusi
"Yuventus" - "Lacio"
Juventus Dusan Vlahovic - 10', Federico Chiesa - 26', Dusan Vlahovic - 67' |
Serie A . 4-tur 16/09/2023, 19:00 1
:
3
Tugadi
|
Lazio Luis Alberto - 64' |
Stadion: Allianz Stadium, 40652 tomoshabin
Bosh hakam: Fabio Maresca
Gatti asosiy tarkibga qaytishi kutilmoqda, shuningdek, Fadjoli ham safga qaytgan va yarim himoya markazida Rabo hamda Lokatelli bilan trio hosil qilish zarur. Yaqinda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi harakat qilgan AQSH futbolchilari Vea va Makkenining o'yindagi ishtiroki termadan juda kech qaytgani sababli so'roq ostida. Sarrini xursand qilib, termagga ketgan barcha futbolchi jarohatsiz klubga qaytishda. Qo'shimchasiga Pedro sog'ayib safga qaytdi, lekin asosiy tarkibda tushmasa kerak. Hujumda Felipe Anderson, Immobile va Cakanya uchligiga ishonch bildirishi ehtimoli yuqori.
O'tgan safar "Lacio" Rimda 2-1 hisobida zafar quchgandi. Hozir favorit "Yuventus", mutaxassislar Sarri jamoasiga chempionat starti omadsiz chiqqach, umuman ishonishmayapti. Biroq fikrimizga ko'ra, "burgutlar" osonlikcha taslim bo'lishmaydi.
"Inter" - "Milan"
Inter Henrikh Mkhitaryan - 5', Marcus Thuram - 38', Henrikh Mkhitaryan - 69', Hakan Calhanoglu - 79', Davide Frattesi - 90' |
Serie A . 4-tur 16/09/2023, 22:00 1
:
5
Tugadi
|
AC Milan Rafael Leao - 57' |
Stadion: Giuseppe Meazza, 75571 tomoshabin
Bosh hakam: Simone Sozza
Indzagi uchun deyarli barcha futbolchilar derbida maydonga tushishga tayyorligi juda muhim. Faqatgina Sensi va Acherbining o'yinga 100% tayyor bo'lishi so'roq ostida, Aleksis Sanchesda ham shunga o'xshash vaziyat. Lekin ularning barchasi tayyor bo'lib ulgurishsa kerak. Ammo chililik asosiy tarkibda tushmasa kerak. Piolida esa tarkib bilan bog'liq muammolar mavjud. Benasser hamon jarohatini davolash bilan ovvora, Tomori diskvalificiya muddatini o'tamoqda. Umumiy guruhda shug'ullangan bo'lsada, Kalulu va Jiru ham 100% tayyor bo'la olmasligi mumkin. Balki Luka Yovich debyutini ko'rarmiz.
Avvalgi safar CHempionlar Ligasi yarim finalida "Inter" 1-0 hisobida ustun kelgan. Hozir ham jamoa "Della Madonina derbisiga" favorit sifatida etib keldi. Katta ehtimol "neraduzrri" ko'proq hujum qilishadi, lekin "Milan"ni ham hisobdan chiqarish to'g'ri bo'lmaydi. Jamoa mavsumni juda yaxshi boshladi.
"Jenoa" - "Napoli"
Genoa Mattia Bani - 40', Mateo Retegui - 56' |
Serie A . 4-tur 17/09/2023, 00:45 2
:
2
Tugadi
|
SSC Napoli Giacomo Raspadori - 76', Matteo Politano - 84' |
Stadion: Stadio Luigi Ferraris, 33275 tomoshabin
Bosh hakam: Michael Fabbri
Jarohat sabab Volyakko va Messias maydonga tusha olmaydi, Matturoning ishtiroki esa so'roq ostida. Jillardino katta ehtimol bilan markazda Malinovski va Matturo, hujumda esa yagona forvard Rettegi xizmatidan foydalanadi. Tayanch zonasida tajribali Strotman va Badel harakat qiladi. Pollitano o'yinga tayyor bo'lib ulgurmayapti, shu sababli Rudi Garsiya hujumda boshqa nimadir o'ylab topishi talab qilinadi. Katta ehtimol, Xvicha va Osimxenga jamoaning yangi futbolchisi Lindstrem yordamlashadi. Boshqa chiziqlarda neapolliklardan syurpriz kutmasak ham bo'laveradi.
So'nggi bor ushbu jamoalar to'qnashuvida "Napoli" 3-0 hisobida zafar quchgan. Hozir amaldagi chempionlarga yana favorit sifatida qaralmoqda. Ha, "Napoli"ning muammolari yo'q emas, "Lacio"dan mag'lubiyat juda og'riqli bo'ldi, lekin Genueda ular ochko yo'qotishiga ishonish qiyin.
"Kalyari" - "Udineze"
Cagliari |
Serie A . 4-tur 17/09/2023, 16:30 0
:
0
Tugadi
|
Udinese |
Stadion: Unipol Domus, 15121 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Doveri
Mankozu, Lapadulla va Rog hamon lazaretda, Pavloetti va Petanya esa safga qaytdi. Katta ehtimol bilan Raneri asosiy tarkibda Pavolettini tushirsa kerak, unga esa Luvombo yordam beradi. Himoya markazida Veteska-Dossena juftligini ko'ramiz.
Sottilda esa tarkib bilan muammolar jiddiyroq. Bu bellashuvni Deulofeu, Brenner, Masina, Pafundi, Ebosse va Exkibuz o'tkazib yuborishadi, Padelli va Kristensenning maydonga tushishi so'roq ostida. Bunday holatda Primaveraning bir qancha futbolchisiga ishonch bildiriladi.
"Udineze" o'tgan safar "Kalyari"ni yirik 5-1 hisobida mag'lub etgan. Qizig'i, hozir ham safarda o'ynashiga qaramay, favorit aynan udineliklar.
"Roma" - "Empoli"
Roma Paulo Dybala - 2', Renato Sanches - 8', Alberto Grassi - 35', Paulo Dybala - 55', Bryan Cristante - 80', Romelu Lukaku - 82', Gianluca Mancini - 86' |
Serie A . 4-tur 18/09/2023, 00:45 0
:
7
Tugadi
|
Empoli |
Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 61443 tomoshabin
Bosh hakam: Juan Luca Sacchi
"Roma"da yo'qotishlar hali ham ko'p, lekin Dibala va Auar bu o'yinda jamoaga yordam bera olsa kerak. Biroq Renatu Sanches, Azmun va Manchini ko'p ehtimol bellashuvni tribunadan tomosha qilishadi. Yaxshi yangiliklardan Lukaku ilk bor asosiy tarkibda tushishi kutilmoqda. Mehmonlar safida Destro va Maldini jarohatidan forig' bo'lib ulgurmagan, bu Kaputoga hujumda alternativ variant yo'qligini bildiradi. SHuningdek, Kapriele ham bu bahsda ishtirok eta olmaydi, Grassi esa jarohatidan to'liq qutildi va yarim himoyada Faccini bilan birgalikda harakat qiladi.
Jamoalarning oxirgi to'qnashuvida "Roma" ishonchli tarzda (2-0) g'alabani tantana qilgandi. Joze Mourino shogirdlari bo'lajak bahs oldidan ham favorit. Mavsum startida muammolarga duch kelganiga qaramay, "jalorossi" sekin-asta o'ziga keladi deb o'ylaymiz va "Empoli"ga qarshi o'yin vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirish uchun ayni muddao.
Sergey Rumyancev
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar