Derbidan oldin "Siti"da yo'qotish
20 apr 2019 21:42
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/491323_original.jpg)
![](/upload/storage/491323_220.jpg)
Derbidan oldin "Siti"da yo'qotish
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne APLning 35-turi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o'yinda jarohatlandi.
Belgiyalik futbolchi birinchi bo'limning 38-daqiqasida almashtirildi.
Hozircha uning jarohati borasida aniq malumot berilmadi. Jamoa 4 kundan keyin "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda qatnashmasligi ehtimoli yuqori.
Bu mavsumda 27 yoshli Kevin jamoasi tarkibida 29 o'yinda qatnashib, 5 gol urdi va 10 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar