So’nggi yangiliklar

08:00Sofascore. Жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолган Алиқулов кечаги учрашувда нечи баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:28Винисиусни қўлга киритиш учун саудияликлар "Реал"га дахшатли таклиф юборишга тайёр  3 01:27Туркия. Ҳусниддин Алиқулов гол уриб, жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  3 01:15"Барселона" Гампер Кубогида йирик мағлубиятга учради  7 00:33"Ланс" ҳимоячисига "Ювентус" ва "Аталанта" қизиқиш билдирмоқда  0 23:55Миржалол Қосимов: "Натижадан қониқдим, аммо жамоам намойиш этган ўйин мени ҳурсанд қилмади. Очколарни кузда санаймиз"  12 23:52Жамшид Саидов: "Биргина хато қимматга тушди"   1 23:09Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда устунликка эришган бўлсак ҳам, тўп рақиб дарвозасига кирмади"   2 22:43Сергей Лушчан: "Рақибимиз ўйин давомида иккита зарба берди ва иккита гол урди. ОКМК бугун ҳақли равишда ғалаба қозонди"  13 22:40Гампер Кубоги. "Барселона" таркиби маълум  6 22:22"Сурхон" - "Қизилқум" 1:0  2 21:29ОКМК - "Навбаҳор" 2:1  3 21:27"Реал" Суперкубок учун қайдномани эълон қилди  6 21:05Суперлига. "Сурхон" кичик ҳисобда "Қизилқум"дан устун келди  15 21:05Суперлига. ОКМК сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  115

Derbida durang qayd etildi Yangiliklar

Derbida durang qayd etildi

Oliy liganing 25-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Nasaf" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Oliy liga, 25-tur.

Mashal (Muborak) – Nasaf (Qarshi) 1:1
Hakamlar
: H. Ro'ziev (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), V. Agishev (Toshkent)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).

Gollar: Artur Gevorkyan (87-penaltidan), Mirzohid G'ofurov (90).

"Mashal": Sanjar Quvvatov, Abbos Amonov, Jahongir Abdumo'minov (Otabek SHukurov, 73), Dilyaver Vaniev (Iskandar SHayqulov, 37), SHerzod Fayziev, Abbos SHodmonov, Mirzohid G'ofurov, Andrey Derkach, Siroj Hamroev, Zohir Qo'ziboev, Muydin Mamazulumov (Jamshid Hasanov, 46).

"Nasaf": O'tkir Yusupov, Maqsud Karimov, Laziz Ubaydullaev (SHohruh Gadoev, 89), Artur Gevorkyan, Igor Taran (Ilhom SHomurodov, 68), SHerzod Azamov (Akram Bahritdinov, 81), Ilhom Yunusov, SHuhrat Muhammadiev, Hamza Karimov, Odiljon Hamrobekov, Farruh Sayfiev.

Ogohlantirishlar
: SHerzod Azamov (54), Sanjar Quvvatov (59).

                             MATNLI TRANSLYACIYA
                                      
YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI!
"Qashqadaryo derbisi"da durang natijasi qayd etildi.



90`
"Mashal"ning ketma-ket hujumlari nihoyat samara keltirdi. CHap qanotdan rivoj olgan hujumni Mirzohid G'ofurov muvaffaqiyatli yakunladi.


90` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MIRZOHID G'OFUROV!



90`
O'tkir Yusupov ketma-ket ikkita vaziyatda jamoasini goldan saqlab qolmoqda.


89`
"Nasaf"da o'zgarish. Laziz Ubaydullaev o'rniga SHohruh Gadoev tushirildi.


88`
Belgilangan 11-metrlik jarima zarbasini Artur Gevorkyan bexato amalga oshirdi va hisobni ochdi.

87` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ARTUR GEVORKYAN!



86`
Penalti! "Mashal" darvozasi tomon penalti belgilandi! Ilhom SHomurodovga nisbatan jarima maydonchasi ichida qoida buzildi.


85`
Artur Gevorkyan bugun juda ham gol urishni istamoqda. Lekin turkmanistonlik futbolchining ishi yurishmayapti.


82`
Artur Gevorkyan yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi.


81`
"Nasaf" safida o'zgarish. SHerzod Azamov o'z o'rnini Akram Bahritdinovga bo'shatib berdi.


78`
Farruh Sayfievning jarima zarbasidan tepgan to'pini Sanjar Quvvatov juda qiyinchilik bilan bartaraf etdi.


77`
"Nasaf" standart vaziyatiga ega bo'ldi.


75`
"Mashal" tashabbusni o'z qo'liga oldi. Lekin goldan hali ham darak yo'q.


73`
"Mashal" jamoasida yana bir o'zgarish. Jahongir Abdumo'minov o'z o'rnini Otabek SHukurov tushirildi.


71`
Maydon egalari burchak to'pini tepishdi. Lekin bosh bilan berilgan zarba darvozaga aniq bormadi.


70`
"Mashal"ning navbatdagi hujumi xavfli tus oldi.


68`
"Nasaf" safida o'zgarish. Igor Taran o'rniga Ilhom SHomurodov tushdi.


67`
Zohir Qo'ziboev yana bir qulay vaziyatni ko'kka sovurdi.


65`
"Mashal" jarima zarbasini amalga oshirdi. Zohir Qo'ziboevning tepgan to'pi noto'g'ri ketdi.


63`
Muborakda kuchli to'palang bo'lmoqda.


61`
"Nasaf" burchak zarbasini amalga oshirdi. Lekin mehmonlar bundan ham samara chiqara olishmadi.


60`
Artur Gevorkyanning jarima zarasidan yo'llagan zarbasi "jonli devor"ga tegib qaytdi.


59`
Sanjar Quvvatov to'pni jarima maydonchasi tashqaridan ushlagani bois hakam xushtagini chaldi va jarima to'pi belgiladi. Sanjar Quvvatovga esa ogohlantirish.


58`
Abbos Omonovning uzoqdan yo'llagan zarbasi osmonga uchib ketdi.


56`
Uchrashuvda kichik ustunlik mehmonlar tarafida.


54`
Derbidagi ilk ogohlantirish. SHerzod Azamov qo'polligi uchun sariq kartochka bilan siylandi.


51` Xavfli vaziyat!
Zohir Qo'ziboevning darvoza tomon tepgan to'pini O'tkir Yusupov qaytarib qoldi.


49`
"Nasaf"ning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumini himoyachilar bartaraf etishdi. Burchak to'pidan so'ng esa Sanjar Quvvatov to'pni egallab oldi.


48`
"Mashal" ikkinchi bo'limni hujumkorlik bilan boshladi.


46`
"Mashal" tarkibida o'zgarish. Muydin Mamazulumov o'rniga Jamshid Hasanov tushdi.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!



- Tanaffusda taqdirlash marosimining ikkinchi qismi davom ettirilmoqda. Unda Zoir To'raqulov, Konstantin Smirnov, Nurali Sultonov, Komil Yomg'irov, Dadajon Tog'aev, Aleksandr Beynarovich, SHuhrat Toshpo'latov, To'raqul Rahmonov, Dilshod Andaev, Oleg Qahhorov, Fozil SHarafeddinov kabi futbol mutaxassislariga klub esdalik sovg'alarini topshirmoqda.


45` Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!



44`
Birinchi bo'lim so'nggiga kelib jamoalar ancha jonlanib qolishdi. Artur Gevorkyan raqib darvozasi tomon yurish qildi. Lekin so'nggi pallada zarba berishda xatoga yo'l qo'ydi.


42`
"Mashal"ning hujumi rivojlanayotgan bir paytda o'yindan tashqari holat qayd etildi.
 

39` Xavfli vaziyat!
Mudiy Mamazulumov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Qaytgan to'pga esa Zohir Qo'ziboev zarba berishda kech qoldi.


37` RASMAN
: Dilyaver Vaniev maydonni tark etdi. Vaniev uchun oliy liga yakunlandi va futbolchi faoliyatiga yakun yasadi. Dilyaver Vanievni har ikkala jamoa azolari kuzatib qo'yishdi. Uning o'rniga Iskandar SHayqulov tushirildi.


36`
O'tkir Yusupov ancha zerikib qoldi. Ishsiz qolgan darvozabon bunaqangi havoda sovuqqotib qoldi.


35`
Artur Gevorkyan darvoza tomon zarba yo'lladi. Lekin Sanjar Quvvatov o'z o'rnida.


33`
Yana bir burchak to'pi amalga oshirildi. Artur Gevorkyanning jarima maydonchasiga etkazib bergan to'pini darvozaga joylab qo'yadigan futbolchi topilmadi.


31`
Burchak to'pi esa mehmonlar uchun samarali yakunlanmadi.


30` Xavfli vaziyat!
Igor Taran qulay vaziyatga chiqib bordi. Lekin uning darvoza tomon tepgan zarbasini Quvvatov bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi.


28`
Hozircha o'yin kutilganidek shiddatli o'tmayapti.


26`
Bugungi o'yinda to'purarlik poygasida ishtirok etayotgan Zohir Qo'ziboev va Artur Gevorkyan gol ura oladimi? Uchrashuvdagi eng muhim savolga yaqin daqiqalar ichida javob olamiz.


25`
Har ikkala jamoa himoyachilari hozircha ancha ishonchli harakat qilishmoqda.


23`
"Nasaf"ning navbatdagi maqsadsiz hujumi samara keltirmadi.


20`
Bugungi o'yinni "Mashal" tarkibida bir muddat to'p surgan Kamoliddin Kenjaev ham bevosita stadiondan kuzatib bormoqda.


18`
"Nasaf" jamoasi jarima zarbasi ishlab oldi. Artur Gevorkyanni tepgan to'pi esa mo'ljalga aniq bormadi.


16`
"Nasaf" futbolchilari qisqa paslar orqali to'pni bir-birlariga uzatib turib, raqibni to'psiz yugurtirishmoqda.


15`
Muborakda juda kuchli shamol esmoqda...


13`
Farruh Sayfievning qanotdan jarima maydonchasiga etkazib bergan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi.


12`
To'p nazorati mehmonlar tomonga o'tdi.


10`
Hozircha xavfli vaziyatlar sodir etilmayapti. Har ikkala jamoalar ham ancha ehtiyotkorlik bilan to'p tepishmoqda.


8`
Maqsud Karimov bugun tayanch zonasida harakat qilmoqda. Odil Hamrobekov esa markaziy yarim himoyachi rolida.


7`
Maydon egalari to'pni o'zlarida ushlab turishni afzal deb bilishmoqda.


6`
O'yin tempi o'rtacha holda kechmoqda.


4` Zohir Qo'ziboev!
"Mashal"ning to'purar hujumchisi Zohir Qo'ziboev qulay vaziyatga chiqib borayotgan bir pallada SHerzod Azamov jonbozlik ko'rsatdi va xavfni bartaraf etdi.

 
2`
"Nasaf" o'yinni faolroq boshladi.


1` Uchrashuvni boshlab beruvchi ramziy zarbani Gabit Sapargaliev va Dilyaver Vanievlar amalga oshirishdi. Ushbu futbolchilar uchun bugungi bellashuv oliy ligadagi so'nggi bahs hisoblanadi.


1` UCHRASHUV BOSHLANDI!



- Endi jamoalar bugungi bellashuvni boshlashlari mumkin.


- O'zbekiston chempionatining 5 karra chempioni "Bunyodkor" klubi ham "Mashal" jamoasini 30 yillik yubiley ayyomi bilan tabrik yo'llagani haqida o'qib eshittirildi.


- "Mashal" klubi yubiley munosabati bilan Qashqadaryo viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Norqul Daminov, Valeriy Lyotkin, Vladislav Xan, Abdurahmon Yumangulov, Bahrom Davlatovlarga zarbop choponlar kiydirishmoqda. 


- Tadbirda "Mashal" va "Nasaf" klublarida ko'p muddat faoliyat olib borgan tajribali futbol mutaxassisi Bahrom Boyjonovich Davlatov ham ishtirok etmoqda.


- Bugungi tadbir boshlovchisi taniqli sport jurnalisti Mirzahakim To'xtamirzaev.


- Bugun Bahrom Vafoev stadionda ushbu mavsumdagi so'nggi uchrashuv, yani yopilish  marosimi bo'lib o'tmoqda.


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


- O'yin oldidan sanatkorlar o'z chiqishlari bilan stadionga yig'ilgan muxlislarga yaxshi kayfiyat ulashishmoqda.


- Uchrashuvni kamina SHahboz Beg'amov sharhlab boradi.


- Muborakning "Mashal" klubi bugun o'zining 30 yillik yubiley ayyomini o'tkazmoqda. SHu bois, ushbu uchrashuvdan so'ng katta tadbir tashkillashtirish rejalashtirilgan. "Mashal" klubi bugungi o'yin va uchrashuvdan so'ng bo'ladigan tadbirga respublikamizdagi bir qator jurnalistlarni taklif etgan. 


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Oliy liganing 25-turidan o'rin olgan "Qashqadaryo derbisi"da "Mashal" o'z maydonida "Nasaf"ni qabul qilmoqda. Saytimiz orqali ushbu o'yindan matnli onlayn reportajimizni boshlaymiz.

- Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.


Mashal (Muborak) – Nasaf (Qarshi) 1:1
Hakamlar
: H. Ro'ziev (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), V. Agishev (Toshkent)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).

Gollar: Artur Gevorkyan (87-penaltidan), Mirzohid G'ofurov (90)

"Mashal": Sanjar Quvvatov, Abbos Amonov, Jahongir Abdumo'minov (Otabek SHukurov, 73), Dilyaver Vaniev (Iskandar SHayqulov, 37), SHerzod Fayziev, Abbos SHodmonov, Mirzohid G'ofurov, Andrey Derkach, Siroj Hamroev, Zohir Qo'ziboev, Muydin Mamazulumov (Jamshid Hasanov, 46).

"Nasaf": O'tkir Yusupov, Maqsud Karimov, Laziz Ubaydullaev (SHohruh Gadoev, 89), Artur Gevorkyan, Igor Taran (Ilhom SHomurodov, 68), SHerzod Azamov (Akram Bahritdinov, 81), Ilhom Yunusov, SHuhrat Muhammadiev, Hamza Karimov, Odiljon Hamrobekov, Farruh Sayfiev.

Ogohlantirishlar
: SHerzod Azamov (54), Sanjar Quvvatov (59).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика