So’nggi yangiliklar

10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  0 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  8 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  15 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  10 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  13 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  33 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  4 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15

"Derbi della Mole" - bugun kim g'alaba qozonadi? Yangiliklar

"Derbi della Mole" - bugun kim g'alaba qozonadi?

Bugun "Allians" stadionida Turin derbisi bo'lib o'tadi

Turnirdagi holat

"Yuventus" muddatidan avval chempionlikni kafolatlab qo'ydi. Turinliklar bugun uyda "Torino"ni qabul qiladi. "Buqalar" Evropa Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun keskin kurash olib bormoqdalar. Hozirda ularning hisobidagi 56 ochko bilan 6-pog'onada bormoqdalar. Undan oldingi o'rinni 58 ochko bilan "Roma" band etgan. Keyingi pog'onalarni esa "Milan" (56) hamda "Lacio" (55) egallagan.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" hamda "Torino" o'rtasidagi so'nggi so'nggi o'yin "Buqalar" maydonida "Keksa sinora"ning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlangan (1:0).

Muhim faktlar

• Bugungi o'yin oldidan kichik janjal bo'lgan edi. "Yuventus" CHempionlar Ligasida ishtirok etgani uchun Turin derbisi shanba kuniga ko'chirilgandi. Ammo bu taklif "Torino" vakillariga yoqmadi. Sababi har yili 4 may sanasida ular Superga bazilikasiga borib, "Grande Torino" fojeasida vafot etgan futbolchilar xotirasiga duo qiladilar.

• Turinliklarning "Inter" bilan bo'lgan o'yini va uning natijasidan ko'ra, "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan "Sky Sport" telekanali mutaxassisi Daniele Adani ("Inter" va "Fiorentina" sobiq himoyachisi) o'rtasidagi janjal TV va matbuotda keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Massimilliano Allegri portladi va... "Hamma nazariyani o'rganib olgan va sen ham shundaylardan birisan. Futbol haqida ikki-uchta kitob o'qigansan-u, lekin aslida hech nimani bilmaysan. Sen hech qachon murabbiy bo'lmagansan, tashqaridan qarab fikr bildirasan xolos. CHunki murabbiy bo'lish — umuman boshqa masala!"

• SHarhlovchi bahsni to'xtatishga harakat qildi, lekin Allegri buni istamadi: "Hozir men gapiraman, chunki sen 6ta Skuduttoni qo'lga kiritgan murabbiy bilan gaplashyapsan. Men so'zlayman, sen esa ovozingni o'chir!". Adanining ham jahli chiqib: O'chir deb ukangga aytasan. Basketbol nazariyasidan boshlaymiz: Lebron Jeyms eng kuchli o'yinchi bo'lishiga qaramay, pley-off bosqichiga chiqa olmadi. Nega?!" Allegri mikrofonni echib, ketmoqchi bo'ldi. Ammo sobiq futbolchi uning ortidan: "O'tgan yil singari...".

Flesh-intervyudan tashqari, Allegri Fabio Facioga katta intervyu ham berdi va u "Rai 1" telekanalida efirga uzatildi. Italiyalik murabbiy "Yuventus"da qolishini tasdiqladi: "Men oldinroq ham aytgandim, klubda qolaman! Yana bir yilga shartnomam bor va undan keyingina klub prezidenti bilan uchrashamiz".

• Hafta davomida OAVda nafaqat murabbiy, balki bir qator futbolchilarning ismi ham birinchi sahifalardan o'rin egallab keldi. Derbida biz Paulo Dibala, Duglas Kosta, Rugani, Aleks Sandro, Bentankur, Sami Xedirani, Mattia Perin va Mario Manjukichni ko'rmasligimiz aniq.

• Agar "Torino" haqida gapiradigan bo'lsak, u Evropa Ligasiga yo'llanma uchun kurashayotgan jamoalardan biri sanaladi. U so'nggi turda "Milan"ni mag'lub etdi (2:0). Valter Madzarri shogirdlari oxirgi marta Evrokubokda 2014/15 yilgi mavsumda to'p tepganlar. Ularning safari 1/8 final bosqichida o'z nihoyasiga etgan edi.

• "Torino"ning A Seriyadagi mehmon uchrashuvlari — bu alohida hikoya. Ular safardagi 17 uchrashuvning 1tasida mag'lub bo'ldilar, ammo atigi 4tasida g'alaba qozondilar. 12 o'yin esa durang bilan yakunlandi. So'nggi 5ta bahsda 2ta g'alaba va 3ta durang qayd etildi.

• Diskvalifiya qilingan himoyachi Emiliano Moretti hamda jarohat olgan Koffi Jijji hamda Vittorio Parijini bugungi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

• So'nggi o'zaro etti bahsda "zebralar" o'z maydonida 6 bor g'alaba qozongan, "Torino" hisobida esa 1ta durang bor.

Trend

• So'nggi 9ta o'zaro o'yinning 8tasida "Yuventus" (uyda) g'olib bo'lgan.

• Safarda kechgan oxirgi 17 bahsning 16tasida "Torino" yutqazmadi (4 g'alaba va 12 durang).

• "Yuventus" A Seriyaning bu mavsumida, o'z maydonida, umuman mag'lub bo'lmadi (15 g'alaba va 2 durang).

• "Yuventus" turnirdagi oxirgi 6 uchrashuvning hammasida to'p o'tkazib yubordi.

Tahminiy tarkiblar

"Yuventus" bir nechta muhim o'yinchilarsiz o'yinni o'tkazishiga to'g'ri kelmoqda. Lekin turinliklar aslo havotirga tushganlari yo'q. Sababi ularning zaxira o'rindig'ida talay o'yinchilar bor. Massimiliano Allegri bugun 4-3-3 taktikasidan, "Torino" esa 3-4-2-1 sxemasidan foydalanishi mumkin.

"Yuventus" — "Torino"

Bugun start oladigan turni "Derbi della Mole" — "Yuventus" - "Torino" uchrashuvi ochib beradi. "Yuventus" har tomonlama o'z vazifasini bajarib bo'ldi. SHuning uchun, ularning bugungi o'yindan hech qanday asosiy maqsadlari yo'q. Ammo shunchaki mag'lub bo'la olmaydilar, chunki nima bo'lganda ham bahsning "derbi" degan nomi bor. Bu esa nafaqat o'yinchilar uchun, balki muxlislar uchun ham juda muhimdir. "Keksa sinora" bu mavsum uyda ikki bor durang o'ynab ochko yo'qotdi, ammo 17 bahsning 15tasida g'alaba nashidasini surdi.

"Torino" uchun bugungi uchrashuv juda muhim hisoblanadi. Sababi u yuqori pog'onalarga chiqib, Evropa turnirida ishtirok etish istagida yuribdi. U chempionat oxirigacha bor kuchi bilan harakat qilishi aniq. Ular o'tgan tur "Milan"ni mag'lub etib, ularga bo'lgan ishonchni qaytardilar. Lekin agar safar uchrashuvlari haqida gapiradigan bo'lsak, hayron bo'lishingiz tabiiy — "Torino" mehmonda "Yuve"dan kamroq mag'lub bo'lgan! Biroq ularning asosiy qismida durang natijani qayd etganini ham takidlab o'tish joiz.

Bugun ikki jamoa ham ehtiyotkor o'ynaydi. SHuning uchun, ko'p gol bo'lmasligi ham mumkin. Bugungi o'yin favoriti — "Yuventus". Mehmonlar esa mezbonlarga kuchli qarshilik ko'rsata oladilar.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика