

"Meni Lionda barchasi qoniqtirmoqda. Bu yerda ajoyib jamoa bor. Mening klub prezidenti bilan aloqalarim ajoyib tarzda. Shunchaki davom ettirishni va o'yinlardan zavq olishni xohlayman. "Lion"da mavsum so'nggiga qadar qolaman deb o'ylayman", - deydi niderlandiyalik forvard.
Oldinroq, Depayga Turinning "Yuventus" va Kataloniyaning "Barselona" klublari qiziqayotganligi haqida xabarlar yangragan edi.
Memfis joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 4ta assist qayd etdi.



