Depay: “Barselona”? Ko'plab klublar menga qiziqmoqda”
16 dek 2020 20:00
Yangiliklar
Depay: “Barselona”? Ko'plab klublar menga qiziqmoqda”
“Lion” sardori Memfis Depay kelajagi haqida gapirdi.
“Rostini aytsam, ajoyib jamoada o'ynamoqdaman. Keyin nima bo'lishini esa aytolmayman, ammo klub sardori ekanligini aniq bilaman, hozir men uchun eng muhimi astoydil mehnat qilish va uchrashuvlarda g'alaba qozonishdir. Agar kelajak haqida ko'p o'ylaydigan bo'lsam, koncentraciyani yo'qotishim mumkin. Ayni vaqt bor etiborimni “Lion”ga qaratganman.
“Barselona”? Hech narsa deya olmayman, ko'plab klublar menga qiziqmoqda, lekin hozir “Lion”daman”, deydi niderlandiyalik.
Avvalroq, Depay uchun kurashga PSJ ham qo'shilgani aytilgandi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yil yozida tugaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar