Depay "Manchester Yunayted"da yiliga 6 mln. evro oladi
09 may 2015 14:47
Yangiliklar


Depay "Manchester Yunayted"da yiliga 6 mln. evro oladi
Yozda "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolashi kutilayotgan Memfis Depay kelasi mavsum haftasiga 120 ming funt ishlab topadi.
Bu soliqlarsiz 6 mln. evro. "Manchester Yunayted"ning eng ko'p maosh oladigan futbolchilar Robin van Persi, Ueyn Runi va Radamel Falko (haftasiga 340 ming evro) hisoblanadi.
21 yoshli Depay Gollandiya chempionatining 28ta uchrashuvida 21ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar