So’nggi yangiliklar

22:33Тебас: "Реал" раҳбарияти ўзидан қурбон ясаб олиб, хар ҳил фитна назарияларини тарқатмоқда"  6 22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  3 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  5 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  2 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  8 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  2 19:10"Аҳмоқона тақвимни инобатга олсак, ишларимиз жуда яхши кетмоқда"  9 18:45"Манчестер Сити" ёзда МЮ қизиққан дарвозабонни сотиб олмоқчи  2 18:17Гвардиола Абдуқодир Ҳусановни мақтади  26 17:48"Милан" ЕЧЛга чиқа олмаса, етакчилар клубни тарк этади   3 16:58Расман: Френсис Нарх ва Достонбек Турсунов "Хоразм" сафига қўшилди!  9 16:33"ЦСКАнинг янги базаси — Европа стандартлари аналоги"  1 16:07ЎФА "Навбаҳор"дан трансфер тақиқини олиб ташлади. Клуб қарзларини 29 мартгача ёпмаса ОФК лицензиясини ололмайди  8

Denisov, Yaxshiboev, SHackix, Nasimov yoxud chempion legionerlarimiz haqida Yangiliklar

Denisov, Yaxshiboev, SHackix, Nasimov yoxud chempion legionerlarimiz haqida

Kuni kecha Birlashgan Arab Amirliklarida to'p so'rayotgan hamyurtimiz Azizjon G'aniev, "SHabab Al-Axli" jamoasi safida BAA milliy chempionatida g'alaba qozondi.

Biz sizga xorijiy chempionatlarda g'olib bo'lgan o'zbekistonlik futbolchilarning ayrimlarini ro'yhatini taqdim etamiz.


1. Vitaliy Denisov

CHempionlik: Rossiya chempionati 2017/2018

Klub: "Lokomotiv" Moskva

Uzoq yillar davomida Moskvaning "Lokomotiv" klubida to'p surgan qanot himoyachimiz, 2017/2018  mavsumda Rossiya chempionatida g'olib bo'lgan. Yuriy Semin boshchiligidagi "Lokomotiv" o'sha mavsum 14 yillik tanaffusdan so'ng yana Rossiya chempioniga aylangan edi. 6 mavsum "temiryo'lchilar" tarkibida to'p surgan Denisov bir marta bronza medallariga ham sazovor bo'lgan.

2. Maksim SHackix

CHempionlik: Ukraina chempionati 1999/2000, 2000/2001, 2002/2003, 2003/2004, 2006/2007, 2008/2009

Klub: "Dianmo Kiev"

Ukraina chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purar Maksim SHackix, "Dinamo Kiev" safida 6 marta Ukraina chempionatining oltin medallarini taqishga ulgurgan. SHackixning hisobida jami 124ta gol mavjud. SHuningdek amaldagi "Paxtakor" bosh murabbiyi uch karra Ukraina chempionatining kumush medallariga sazovor bo'lgan(2001/02, 2004/05, 2005/06) va 5 karra Ukraina kubogi g'olibi hisoblanadi (1999/2000, 2002/03, 2004/05, 2005/06, 2006/07).

3. Server Jeparov

CHempionlik: Janubiy Koreya chempionati 2010/2011, Saudiya Arabistoni chempionati 2011/2012

Klub: "Seul" va "Al-SHabab"

Ikki karra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi, horijiy chempionatlarda bir emas, naqd ikki marotaba chempion bo'lgan. "Seul" jamoasi tarkibida 2010/2011 mavsumda chempion bo'lgan Server, oradan bir yil o'tib Saudiya Arabistoni milliy chempionatida ham kubokni boshi uzra ko'targan (2011/2012 mavsum). Qo'shimchasiga o'zbek futbol afsonasi Koreya liga kubogi va  Koreya futbol associaciyasi kubogining qo'lga kiritgan ("Sonnam" klubi safida).

4. Odil Ahmedov

CHempionlik: Xitoy superligasi 2018

Klub: "SHanxay Port" sobiq "SHanxay SIPG"

6 karra O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya etirof tilgan Ahmedov, 2017 yili CHin yurtiga ko'chib o'tganidan so'ng, 3 yil davomida SHanxay klubining sharafini himoya qildi va 2018 yilgi mavsumda, Xitoy superligasiing oltin medalini qo'lga kiritdi.

5. Mirjalol Qosimov

CHempionlik: Rossiya chempionati 1995

Klub: "Alaniya"

O'zbek futboli tarixida eng yaxshisi deya etirof etiladigan Mirjalol Qo'shoqovich. 90 yillardagi "Spartak"ning "gegemon"ligini to'xtatib chempionlikni qo'lga kiritgan. SHuningdek Qosimov "Alaniya" tarkibida kumush medallarga ham sazovor bo'lgan (1997 yilgi mavsum)

6. Jasur Hasanov

CHempionlik: Qatar chempionati 2010/2011

Klub: "Laxviya"

O'zbek futboli "metri" Jasur Hasanov uzoq yillik faoliyati davomida nafaqat O'zbekiston chempionati balki Qatar maydonlarida ham shuhrat qozongan. Hasanov 2010 yili "Laxviya" safida Qatar superligasida g'olib bo'lgan.

7. Otabek SHukurov

CHempionlik: BAA chempionati 2018/2019

Klub: "SHarja"

Hozirgi kunda Andrea Pirlo qo'l ostida to'p tepayotgan terma jamoamiz etakchisi, Otabek SHukurov. Turkiyaga ko'chib o'tishidan avval Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyat olib borgan. O'z jamoasining markaziga javob beradigan Otabek 2018/2019 mavsumda Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining oltin medallarini qo'lga kiritgan.

8. Jasur Yaxshiboev

CHempionlik: Belarus 2020, Polsha 2020/2021 va Moldova 2021/2022

Klublar: "SHaxtyor Soligorsk", "Legiya" va "SHerif"

Bir necha pog'ona teparoqda o'rin egallagan Maksim SHackixdan so'ng "Real" darvozasiga gol urgan o'zbekistonlik futbolchimiz, naqd uchta horijiy chempionatda g'olib bo'lgan. Pandemiya davrlarida Belarusda "porlagan" Jasur, haqli tarzda kuchliroq jamoa "Legiya"ga o'tgan edi va Polshada ko'p o'shlanib qolmagan bo'lsa ham hamyurtimiz Polsha chempionatida oltin medallarga ega chiqqan. Polshadan keyingi manzili "SHerif"da ham boshi uzra kubok ko'targan Jasurning kollekciyasida naqd 3ta horijiy chempionatlarning oltin medallari bor.

9. Aziz Amonov

CHempionlik: Eron chempionati 2021/2022

Klub: "Istiqlol" Eron

2 yil davomida Eron chempionatida to'p tepishga ulgurgan va ushbu mavsum "Nasaf"ga qaytgan Aziz. O'z titullar kollekciyasida Eron chempionatining oltin medalini saqlaydi.

10. Andrey Fyodorov 

CHempionlik: Rossiya chempionati 2007/2008

Klub: "Rubin"

"Rubin"ning gullagan davrlarida Andrey Fyodorov futbolchilik faoliyatida so'ngi mavsumni o'tkazayotgan edi, shunga qaramasdan Fyodorov so'ngi mavsumini chiroyli tarzda yakunlab Rossiya chempionatining oltin medalini qo'lga kiritgan edi.

11. Bahodir Nasimov 

CHempionlik: Ozarbayjon chempionati 2011/2012, 2012/2013, 2013/2014

Klub: "Neftchi" (Baku)

Bahodir Nasimovni Ozarbayjonda juda yaxshi bilishadi. U to'purarlik salohiyatini ko'rsatibgina qolmay, "Neftchi" (Baku) safida 3 karra Ozarbayjon chempionligini qo'lga kiritgan . Uning sovrinlari qatorida mamlakat kubogining 2ta bosh sovrini ham o'rin olgan (2012/2013, 2013/2014)



Yana kimlar qolib ketdi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring

Abdulvosit Bektemirov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика