So’nggi yangiliklar

14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  0 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   1 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  7 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  15 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6

"Denisov bilan gaplashmadim, lekin..." - Sanjar Tursunov Yangiliklar

"Denisov bilan gaplashmadim, lekin..." - Sanjar Tursunov

Barcha Superliganing 2-davrasiga tayyorgarlikni davom ettiryapti.

Jumladan, AGMK futbolchilari ayni paytda "Archazor"da shug'ullanishmoqda. Biz olmaliqliklar sardori Sanjar Tursunov bilan bog'lanib, qisqa suhbat uyushtirdik.

— Sanjar aka, mavsumning dastlabki qismi siz uchun qanday o'tdi? 

— Rostini aytsam, birinchi davradan qoniqmadim. Har xil kutilmagan syurprizlar bilan to'qnashdik, mag'lubiyatlar bo'ldi. SHu tufayli tanaffusdan keyin yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz kerak. 

— CHarchoq bilinmayaptimi?

— Yo'q, toliqish alomatlari yo'q. Nega desangiz, oldingi yildagidek CHempionlar Ligasida o'ynamayapmiz. Modern futbolda jismoniy jihatlar hal qiluvchi rolni o'ynayapti. SHunga har doim tayyor holatda bo'lishga harakat qilamiz.

— "So'g'diyona" bilan o'yindan keyin uchrashuvlarda niqob bilan ishtirok etdingiz. Ayni paytga kelib, jarohatdan to'liq tuzaldingizmi? 

— O'sha to'qnashuvda bir emas, bir nechta jarohatga yo'liqib qoldim. Asoratlar kuchayib ketmasligi uchun faqat "maska"da o'ynashimga ruhsat berishdi. Bu, albatta, noqulay. Umid qilamanki, 2-davraning birinchi o'yinida niqob taqishga majbur bo'lmayman.

— Odatda o'zbek futbolchilari dam olish uchun Dubay yoki turk shaharlaridan birini tanlaydi. Siz tatilni Ispaniyada o'tkazdingiz. Taassurotlar qanaqa? 

— Evropa shaharlarida dam olsangiz, vaqtingizni faol tarzda o'tkazasiz. SHaharlarni yayov aylanish, atrofni tomosha qilish yoqadi. Vaqtingiz behuda ketmaydi.

— 2-davraga tayyorgarlik qanday bo'lyapti? AGMKdagi ichki muhit qanday?

— Hammasi yaxshi ketyapti. Tanaffusdan keyin o'zimizni ko'rsatishimiz kerak. Ichki muhit yaxshi. Bilasiz, Qo'shoqovich har doim jamoani birinchi o'ringa qo'yadilar va futbolchilardan ham shuni talab qiladilar. 

— Mirjalol Qosimov barcha shogirdlarini shashlik bilan siylaganini ko'rdik. Professional futbolda murabbiylarning shunday iltifotlari ham jamoadagi jipslikni oshirishga xizmat qiladimi?

— Ha, Qo'shoqovich bizni har yili shashlik bilan mehmon qiladilar. SHaxsan o'zlari pishiradilar, biz ham yordamlashamiz. Umuman olganda, zavqli jarayon. Rossiyada o'yganimda ham shunaqa tadbirchalar bo'lardi. Bu jamoa ichidagi umumiy xarakterni oshiradi, kayfiyat ko'tariladi.

— Denisov "So'g'diyona"ga o'tganini eshitdingizmi?

— Hozircha Vitaliy bilan gaplashganim yo'q. Rostan ham shartnoma imzolagan bo'lsa, O'zbekistonga qaytganidan xursandman. CHunki u uzoq yillar yuqori darajada to'p tepdi. Denisov singari nomlarning kelishi chempionatimiz uchun foydali bo'lishi aniq.

— U yarim yil futbol o'ynamadi. Denisovning tez orada oldingi saviyasiga chiqishiga ishonasizmi?

— Vitaliy "Baltika"dan keyin biroz dam oldi. O'ylashim bo'yicha, bu darajadagi o'yinchilarda hech qanday muammo bo'lmasa kerak. Hozir chempionatimizda undan tajribaliroq nechta o'yinchi bor? Menimcha, tez orada jismoniy holatini ham tiklaydi va jamoasiga faqat foyda keltiradi.

— Suhbat oxirida Denisovga qandaydir tilak yoki "vyzov" yo'llashingiz mumkin...

— Unga faqat omad tilayman. Jarohatlar Vitaliydan uzoqroq yursin. "Vyzov" deganda unga qarshi o'yinni hozirdan kutyapman. Biz bolalikdan birga o'ynaganmiz. Keyinroq terma jamoa sharafini elkama-elka himoya qildik. Endi raqib sifatida o'ynash ikkimiz uchun ham qiziq bo'ladi. Nafaqat unga, balki butun o'zbek futboliga omad yor bo'lsin. Hech qaysi hamkasbim jarohat yo'liqmasin. Yaxshi kunlarda ko'rishaylik!

Obuna bo'ling → FA| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика