So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Denis Suares: Messi APLga ko'chib o'tsa… Yangiliklar

Denis Suares: Messi APLga ko'chib o'tsa…

Bir paytlar katta orzu-umidlar bilan Manchester Siti klubi safiga o'tgan, ammo keyinchalik nadomatlar bilan jamoani tark etib, oxir-oqibat, Barselonadan qo'nim topgan yosh, istedodli yarim himoyachi Denis Suares bugungi Sitining muvaffaqiyatlaridan quvonyapti.

Ha, u ushbu klubga ertaroq kelib qoldi va shaharliklar safini tark etishga majbur bo'ldi. Biroq u orzularga ishonishdan to'xtamagan. Quyida bunga amin bo'lasiz...

Yodingizda bo'lsa, 2010 yili Endi Grey Angliya premer-ligasining saviyasi haqida fikr bildira turib, hatto Lionel Messi ham bu chempionatda, yomg'irli chorshanba oqshomida, Britanniya stadionida APLning taslim bo'lishni istamaydigan o'rtamiyona jamoalariga gol ura olishiga shubha qilishini aytgandi. Denis Suares esa o'sha gaplarni eslab, shunday deydi: Albatta, bu uning qo'lidan kelardi. Agar Messi APLga ko'chib o'tsa ham, to'pni qabul qilib olganidan so'ng bemalol uch himoyachini aldab o'tib, darvozaning yuqori o'ng burchagini aniq mo'ljalga olaverardi...

Bizningcha, yosh yarim himoyachi nima deyayotganini yaxshi biladi. Negaki, u Messi to'p bilan qanday mo'jiza ko'rsata olishini bevosita kuzatgan inson.

Messi - ajoyib futbolchi. Men uning yomg'irli ob-havoda ham, kunning jazirama vaqtida ham qanday harakat qilishini ko'p ko'rganman, - deydi Suares. - U agar biror narsani amalga oshirmoqchi bo'lsa, har qanday joyda, har qanday vaqtda niyatiga etadi. Leoni istalgan jamoaga joylab qo'ying - u o'sha klubning eng yaxshi futbolchisi bo'ladi. U shuningdek, ingliz jamoalariga qarshi ham odatdagidek to'p suraveradi. O'ylashimizcha, odatdagidek tarifi Messi uchun biroz kamdek. O'tgan seshanba kuni Denis Suares Etihad stadionida bir qator eski tanishlari - Pablo Sabaleto, Serxio Aguero va David Silvalar bilan ko'rishdi. Denisning singlisi Sulay ham o'sha kuni stadionda edi. Umuman olganda, Denis Suares 17 yoshligida ilk bor kelib qo'shilgan jamoasi - Manchester Siti bilan yana to'qnash kelib turibdi. SHaharliklar safidan ketganiga esa uch yil to'ldi. Bu vaqt mobaynida futbolchining hayotida shunchalik ko'p voqealar bo'lib o'tdiki, tasavvurga sig'maydi. Deylik, Denis endigina 22 yoshga to'ldi. O'tgan uch yil ichida esa u Selta-Siti-Barselona-Sevilya-Vilyarreal-Barselona marshruti bo'ylab sayohat qilib chiqishga ulgurdi. Tabiiyki, bu orada Etihadda ham ko'p narsalar o'zgardi. Roberto Manchini o'rnini avvaliga Manuel Pellegrini egalladi, ayni paytda esa jamoani Pep Gvardiola boshqarmoqda. Bir so'z bilan aytganda, hozirgi Siti - Denis Suaresni xarid qilgan o'sha klub emas.

Aslini olganda, jamoaning strategiyasi Suares o'sha erda bo'lgan chog'lardayoq o'zgara boshlagan edi. Biroq amaliy ishlar ancha keyinroqqa surildi. Aniqrog'i, Denis 2013 yili shaharliklar safidan ketdi. Ferran Soriano va CHiki Begiristaynlar esa jamoada ish boshlashganiga atigi ikki oygina bo'lgandi. Mazkur mutaxassislar uchun eng kerakli murabbiyni olib kelish esa uch yilga cho'zilib ketdi. Gap Gvardiola haqida ketayotganini payqagan bo'lsangiz kerak. O'z navbatida, Denis Suares Barselonada ham kutilganidan ancha ertaroq paydo bo'lishi mumkin edi. CHunonchi, kataloniyaliklar Suaresning transferi borasida Seltaga 2011 yili murojaat qilishgan. Biroq o'shanda yarim himoyachini kuzatib yurgan Manchester Siti vakillari Denis uchun shunday miqdordagi mablag' taklif qilishdiki, oqibatda keltlar xursandchilik bilan transferga rozilik bildirishdi. Takidlash lozim, Seltaning aksariyat ishqibozlari Denisning sotilishi klub byudjetini inqirozdan quqarib qolgani haqida haliyam gapirib yurishadi. SHu tariqa, Suares Manchesterga kelib qoldi. Biroq ochig'ini aytganda, bu shaharda keragidan ko'ra ancha ertaroq paydo bo'lib qolgandi.

Bilasizmi, men o'ynagan vaqtlarda Manchester Siti Angliyaning oddiygina jamoasi edi. Hozir esa klub dunyoga mashhur brendga aylandi, - deydi Denis. Uni xafa qiladigan eng yomon holat - klubning o'sha vaqtlardagi yoshlar bilan ishlash siyosati ekanini yashirmaydi.
Men Siti safiga qabul qilinganimdan so'ng jamoa bilan AqSHdagi turnega yo'l oldik. O'ylashimcha, mashg'ulotlar va o'yinlardagi harakatlarim Manchinini to'la qanoatlantirdi, - deya eslaydi u. - Roberto aytdiki, men bunday harakat va intilishim bilan, shubhasiz, premer-ligada debyutimni uzoq kutmayman va jamoani etarlicha kuchaytira olaman. Biroq safar tugab, Angliyaga qaytganimizdan so'ng negadir meni klubning yoshlar jamoasiga o'tkazib yuborishdi. Eng yomoni, o'rinbosarlar tarkibi ustozi Endi Uelsh men haqimda umuman hech narsa bilmasdi va shu sababli, ancha paytgacha o'yin amaliyotisiz qolib ketdim.

Suares o'sha paytlarni yoshiga nomunosib xotirjamlik bilan eslaydi. Vaholanki, yuqoridagi ko'ngilsizlik aksariyat yosh iqtidorlarni butunlay sindirib qo'yishi hech gap emasdi.

Meni hamon bir narsa hayron qoldiradi: asosiy jamoada, men to'p suradigan poziciyada bo'yi ikki metrli futbolchi to'p surardi. Uning yutug'i shundaki, u mendan ko'ra jismonan baquvvat edi. SHundan so'ng holatni muhokama qilish uchun Sitining Ispaniya bo'yicha skautlari - Devid, Geri Kuk va Brayan Marvudlar huzuriga yo'l oldim va ularga holat o'zgarmasa, bu erda ortiq qolmasligimni aytdim. Negaki, men azbaroyi shu klub safiga o'tish uchun uyimni, yaqinlarimni tashlab kelgandim. Aksariyat klublar bunday vaziyatda aybni darhol yosh futbolchiga ag'darishadi: O, bu bolakay katta yigit bo'lib qolibdi!, ammo Sitidagilar Suaresning arziga quloq tutishdi.

SHu voqeadan so'ng hammasi birdan o'zgardi, - deydi Denis. -Men bosh jamoa mashg'ulotlarida ishtirok eta boshladim, lekin hamon yoshlar tarkibi ro'yxatida turib, o'yinlarda maydonga tushdim. Xullas, birinchi mavsum ko'ngildagidek o'tdi. Asosiysi, Manchini Liga kubogi doirasida debyutimni nishonlashimga imkon yaratib berdi. Bir necha bor chempionat bahslarida zaxiraga kiritildim. Ikkinchi mavsum boshida holat yanada yaxshiroq tomonga o'zgarishiga umid qilgandim. Ammo kutilmagan jarohat barcha niyatlarimni chippakka chiqardi. Keyin esa Pellegrini Siti bosh murabbiyi etib tayinlandi. SHundan so'ng men jamoadan ketishga qaror qildim. O'shanda shaharliklar bilan tuzilgan shartnoma yakunlanishiga bir yil qolgandi. Barselona esa hamon undan umidini uzmagandi. Ammo hamkorlikning vaqti-soati shu yil yoziga to'g'ri keldi: kataloniyaliklar 3,5 million sarflab, Denisni nihoyat, saflariga qo'shib olishdi.

To'g'risini aytsam, Barselonani birinchi bor tark etayotganimda ham, qachondir bu erga albatta, qaytishimni ko'nglim sezgandi. Mana, o'sha kunlar etib keldi va men endi asosiy tarkibdan o'rin olish uchun kurashishim kerak. Ishonamanki, bu erda hali uzoq qolaman va jamoaning sovrinlar yutishiga o'z hissamni qo'shaman.

Etiborlisi, zamonaviy jamoalarning aksariyati Barselona uslubini o'zlashtirishga intilmoqda va Manchester Siti ham shular jumlasidan, albatta.

Barsa - har qanday klub uchun ideal namuna va hamma bizdek o'yin ko'rsatishni istaydi, - deydi u. Biroq o'sha hamma jamoalar buni uddalay olisharmikan? -Ha endi, urinib ko'rishlari mumkin. Barsa ham bir kunda shu darajaga chiqmagan. Malum bir yo'nalishni o'ylab topish, klub akademiyasini mana shu g'oya asosida tarbiyalash uchun yillar talab qilinadi. Siti ham ayni paytda shu bosqichda turibdi. Men u erda bo'lganman, hammasidan xabarim bor: shaharliklar menga rivojlanishning o'zlari tanlagan yo'lini ko'rsatishgan. Muhimi, Sitining ham o'z strukturasi va imkoniyatlari bor. Mana, endi esa, bularni amalga oshirishni uddalaydigan murabbiy ham bor.

Pep yosh futbolchilarga etarlicha imkoniyat beradi. Men Manchesterda bo'lgan paytlarda esa biroz boshqacharoq edi. Yani, kimning jismoniy ko'rsatkichlari yuqori bo'lsa, o'sha maydonga tushardi. SHuningdek, o'rinbosarlar tarkibi ham faqat uzoq masofalarga yo'naltiriladigan uzatmalarga etibor berardi. Attilio Lombardo filial boshqaruvini qo'lga olgach, biz salgina boshqacharoq o'ynashni boshladik. Ammo farq sezilarli darajada katta emasdi. Asosiy jamoaning hozirgi o'yiniga gap yo'q - Pep jamoa falsafasini o'zgartira oldi. Ha, Siti Pellegrini davrida ham hujumkor o'yin ko'rsatardi, lekin hozir to'p nazoratiga etibor yanada kuchaydi.

Barselonada esa bu - tug'ma sifat. Ayni masalada fikrlar turlicha. Suares esa hammasini oddiygina qilib tushuntirishga urinadi.

Barselona pozicion o'yin ko'rsatadi. Jamoadagi har bir o'yinchi sherigining maydondagi o'rnini hurmat qiladi. qachonki, bir futbolchiga to'p kelib tushsa, uning yonida to'pni qabul qilishga tayyor ikki futbolchi paydo bo'ladi. qisqasi, bizda to'pni uzatish uchun doim variantlar topiladi, - deydi u stolda poziciyalarni ko'rsatib. -Bir kishi mana bu erda, ikkinchisi bu erda. Uchinchi futbolchi esa taxminan, mana bu o'rinda bo'ladi.

Bu - bizning futbol va siz uni hurmat qilishga majbursiz. Agar poziciyalar bo'yicha o'yinimizni to'g'ri tushuna olsangiz, demak, sizda bizga qarshi turish uchun imkoniyatlar tug'iladi. Jamoamiz doimo falsafamizni aks ettiradigan 4-3-3 chizmasi bo'yicha harakat qiladi. Yodimda, Barselona Bga yangi kelgan paytimda men markazda to'p surardim va butun maydon bo'ylab lo'killab yuguraverardim. SHunda Eusebio Sakristayn meni yoniga chaqirib, maydonni bir necha kvadratlarga chizib ko'rsatdi va shunday dedi: Mana bu - sen harakat qiladigan hudud. O'zingni bo'sh qo'yib, o'sha erda qol. To'pning o'zi seni qidirib topadi. qachonki, to'p senga etib kelsa, keyin harakat qil.

Barsada hamma o'yinchilar o'ta mahoratli. Masalan, markaziy himoyachi mana bu ergacha kelishi mumkin, - deydi Suares stolda barmog'i bilan rasm chizib. - Va shu erga etib kelgach, to'pni oldinga uzatadi. qarabsizki, tayanch yarim himoyachilar to'pni egallash uchun darvoza yaqiniga kelishlari shart emas. Xullas, siz o'z hududingizda kutib tursangiz, to'p o'zi sizni topib kelaveradi. Bunday futbol juda oson. Ko'ryapsizmi, bu usulda to'pning tezligi juda ortadi. Tezlik esa futbolchining fikrlash qobiliyatini o'stiradi.

Albatta, bunday uslubda ijrochilar ham o'ta mahoratli bo'lishlari lozim. Xuddi, Inesta kabi.

Bazida menga shunday tuyuladiki, Andreas xuddi maydonda oyog'i maysaga tegmay harakat qilayotgandek. Yoki uning adashi - Luisni olaylik: Raqiblar sizni pressing qila boshlashganida, imkon qadar to'pdan tezroq qutulgingiz keladi. Luis esa aksincha, uch-to'rt nafar raqib qurshoviga yorib kirib, to'pni jamoada saqlab qolishga intiladi, - deydi Suares.

Barsada har doim turli hujumchilar bo'lishgan: Ibra, yolg'on to'qqizlik rolidagi Leo, Fabregas. Endi esa tarkibda mavsum davomida 50tadan gol urishga qodir Luis Suaresdek forvard ham bor. Lekin Denis uchun eng mohir hujumchi - yomg'irli chorshanba oqshomida Manchesterga kelib, uch nafar himoyachini osonlikcha dog'da qoldirib, darvozaning olis past burchagidan tirqish topib, gol uradigan insondir. Sezgandirsiz, gap Siti darvozasiga Barsaning safardagi yagona golini urgan Messi haqida ketmoqda...


I.RAHIMOV tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика