So’nggi yangiliklar

22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  2 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  2 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  5 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  5 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2

Denis Korostichenko: "So'g'diyona pragmatik o'ynab, g'alabaga erishdi. Ular shunday futbol o'ynashadi" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "So'g'diyona pragmatik o'ynab, g'alabaga erishdi. Ular shunday futbol o'ynashadi"

Coca-Cola Superligasining 12-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "So'g'diyona" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida qatnashdi




"Bugun bizga ishtiyoq, hissiyot va qo'shimcha kuch etishmadi deb o'ylayman. "So'g'diyona"ning fonida birinchi taymda harakatimiz kamroq bo'ldi va hujumda bir necha o'yinlardan beri keskinlik borasida orqada qolmoqdamiz. Oldinda Jerom va Turopov kabi o'yinchilarni qo'ygan holda, vaziyatdan chiqmoqdamiz. O'z navbatida, Jizzax jamoasini g'alaba bilan tabriklamoqchiman va O'zbekiston sharafini himoya qiladigan klubga OFK Kubogida omad tilayman. "So'g'diyona" bunday o'yin bilan ko'p narsani maqsad qilishi mumkin, sababi ular pragmatik o'ynagan holda hisob uchun harakat qilishadi. Bugun buni ko'rsatishdi, 2-3ta vaziyatdan biridan foydalangan holda g'alabani ushlashdi. Bu ular uchun yaxshi natija, chunki ular shunday futbol o'ynashadi. Bugun bizlarni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat aytmoqchiman va keyingi o'yinlarda ham buni davom ettirishadi deb o'ylayman. Bizda birinchi davrada bitta o'yin qolmoqda. Xudo xohlasa, ikkinchi davrada yaxshi hujumchi topamiz va qiyin bo'lsa ham yuqoriga harakat qilamiz, ammo baribir buning imkoni bor deb o'ylayman", — dedi matbuot anjumani avvalida "temiryo'lchilar" ustozi.


— Anvarjon Alijonovning debyut o'yinga qanday baho berasiz?

— Yosh o'yinchilar bizda deyarli har o'yinda debyut qilishadi. G'alaba qozonganimizda va gol urganida ajoyib bo'lardi-yu, ammo bugungidek qiyin o'yinda 10 kishi bo'lib qolganimizda yosh futbolchi uchun debyut qilish... u yaxshi o'ynadi deb o'ylayman. Umid qilamanki, u keyingi o'yinlarda ham bizga, yani jamoaga yordam beradi deb o'ylayman. Yaxshi baho.


— Davralar oralig'ida yaxshi hujumchi topishga harakat qilamiz dedingiz, muammo faqat markaziy hujumdami?

— Bu yili yosh o'yinchilarni maydonga tushirgan holda bitta qadamni tashladik. Balki, ushbu transfer oynasida 2-3ta chiziqni kuchaytirishga harakat qilarmiz. Markaziy himoya va markaziy yarim himoyaga ham harakat qilishimiz mumkin, ammo mening markaziy yarim himoyadagi yosh o'yinchilardan ko'nglim to'q, ularning mashg'ulotlardagi harakatlaridan qoniqmoqdaman.


— Ikkinchi taymda maydonga tushgan yosh o'yinchilar bahsni tezlashtirib yuborishdi va "So'g'diyona" o'zining yarim maydonidan chiqa olmadi. Bu yosh o'yinchilar sababmi yoki taktikaning hujumga qaratilganidanmi?

— Albatta, taktikamiz hujumga qaratilgan edi, sababi biz gol urishimiz kerak edi. Ammo, biz 10 kishi bo'lib qoldik. 3ta himoyachiga o'tgan holda, oldinga o'ynashga harakat qildik va bor kuchimizni berdik. Ha, yosh o'yinchilar tezlikni taminlashda qo'shimcha kuch bahsh etishdi. SHu sababdan, ikkinchi taymda o'yinni o'zgartirdik va yaxshi o'ynadik. Ammo, takidlash kerakki, vaziyat yaratmadik.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика