So’nggi yangiliklar

10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  2 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  1 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  2 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  9 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  8 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1

Denis Korostichenko: "O'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatmadik, lekin g'alaba qozonishni uddaladik" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "O'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatmadik, lekin g'alaba qozonishni uddaladik"

Pro liganing 21-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Yunired" bahsidan so'ng, mezbonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Hammani g'alaba bilan tabriklayman. O'yin oson bo'lmadi. Yigitlar bu o'yin muhimligini yaxshi tushinishdi. O'rtada Pro liga g'olibligi bor edi. Biz o'zimizning eng zo'r o'yinimizni ko'rsatmadik, lekin g'alaba qozonishni uddaladik.

- Bugungi g'alabadan keyin "Navbahor-farm"ga qarshi o'yinga qanday tarkib olib boriladi?

- Ko'ramiz, bizda 10 kun bor. Oleg Zoteev o'ynamasligi aniq. Boshqa yigitlar tayyor bo'lishsa, shunga qarab tarkib tanlaymiz. Ikkinchi tarkibga imkon beramiz deb ayta olmayman. Kam o'yin amaliyotiga ega bo'lganlarga imkoniyat berilishi mumkin. Ko'ramiz, albatta. 

- Oleg Zoteevning jarohati haqida...

- Men oldin ham aytgandim. Hakamlarning qarorini muhokama qilmayman. Bunga javobgar shaxslar bor. Uning qizil kartochkasiga kelsak, shaxsiy fikrimcha, bu biroz absurd va kulgili vaziyat. Qandaydir so'zlar uchun qizil kartochka berish, bilmadim. Bu haqida gapirishni istamayman.

- Zoteevning hozirgi holati qanday?

- Hammasi joyida. "Mashal" va "SHo'rtan"ga qarshi o'yinlardan so'ng uning oyog'ini tikishganini aytmasa, hammasi yaxshi. O' o'zini yaxshi his qilmoqda.  

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика