So’nggi yangiliklar

21:28Конференциялар лигаси саралаши финали. "Крайова" - "Истанбул Башакшехир" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  3 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  0 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  15 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  1 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  61 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  5 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   12 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  26 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  4

Denis Korostichenko: "Lokomotiv"ni Superligada olib qolaman deb, ishonch bilan ayta olmayman" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Lokomotiv"ni Superligada olib qolaman deb, ishonch bilan ayta olmayman"

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




- "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ular juda muhim bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdi. CHunki chempionlik uchun kurashmoqda. Motivaciya etarli edi. "Paxtakor" tarkibidagi yuqori saviyali futbolchilar natijaga tasir ko'rsata olishdi. O'yin tomonlama yomon ko'rinmadik. Vaziyatlar yaratdik. Biroq raqib o'z vaziyatlaridan foydalandi. "Lokomotiv"da aksi kuzatildi. O'yindan so'ng yana tahlil qilamiz, - deb gapni boshladi Korostichenko.

- Sizningcha Islom Qobilov jamoaning asosiy futbolchisimi? CHunki u o'tgan yili deyarli 50 foiz golga olib kelgan xatolarga yo'l qo'ygan, natijaga tasir qilgandi. Bu yil ham shunday holat qayd etilmoqda. Buni qanday baholaysiz?

- Albatta xatolar bor. Markaziy himoya shunday ampulaki, kamroq xato qilishingiz kerak. Islom hozir asosiy himoyachimiz. Mashg'ulotlarda kuzatamiz. Ayni paytda uning darajasidagi o'rinbosar futbolchi yo'q. Natijaga tasir qiladigan xatolari bo'lib turadigan holat. 

- Lekin har bir o'yinda xato qilyapti...

- Futbolda hammasi bir-biriga bog'liq. Xatoni bitta futbolchi qilmaydi. Ungacha bo'lgan jarayonni ham ko'rish kerak. Kimdir ulgurmaydi. Xato hujumchilardan, yarim himoyachilardan boshlanishi mumkin. Birinchi golda vaziyatni to'liq ko'ra olmadim. Hammasini bafurja tahlil qilamiz. 

-  Jerome Etame bugun ham avvalgi uchrashuvlarda bo'lgani kabi yuz foizlik vaziyatlardan foydalana olmayapti... Bugun shunday 100 foizlik vaziyatdan sakkizinchisi bo'ldi.

- Jerom jamoaga bu yil kelib qo'shildi. "Yangier"dan oldik uni. Superligada birinchi marotaba o'ynamoqda. Salohiyati bor. Kuchli tomonlari etarli. Vaziyatlardan foydalana olmayapti. Afrikalik futbolchilarning ko'pchiligida shunday. Aynna oxirgi nuqtada ikkilanishadi.

- Yurgen Klopp va "Liverpul" haqida...

- Klopp emas "Livepul"ga 15 yildan beri muxlisman. Kloppning "Liverpul"ga kelganidan xursand bo'lganman. 

- Qizig'i ikkingizni jamoangizda natijalar yaxshi emas...

- Mavsum oxirida ko'ramiz. Kimda qanday natija bo'lishini bilib olamiz. 

- Aniq javob bersangiz. "Lokomotiv"ni Superligada olib qolishga qanchalik ishonmoqdasiz?

- Katta ishonch bilan ayta olmayman. Oldinda bizni chempionlik uchun kurashayotgan va OFK kubogida o'ynagan jamoalarga qarshi o'yinlar kutyapti. Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. 

- Oldingizda aniq vazifa qo'yilganmi? 

- "Lokomotiv"ni Superligada olib qolishimiz kerak. 

- Ali Abdurahmonovni bugun zaxiradan maydonga tushganini ko'rdik. Uning salohiyatini qanday baholaysiz?

- Mavsum boshida Igor CHikrizov, Ali Abdurahmonov bor edi. Ulardan foydalanishga harakat qildik. Ali asosiy tarkibga hali tayyor emasdi. Qaysidir joyda yomon ko'rinmadi. Yosh futbolchida o'tish davri bo'ladi. Aliga o'rinbosarlar tarkibida ko'proq o'yin amaliyoti berdik. Gollar ura boshladi, o'yinga qo'shdi. Bugun haqiqatdan ham o'zini ko'rsatdi. U yana o'sadi. 

- Jasur Jaloliddinov haqida...

- Jasur har bir o'yinda katta xohish bilan o'ynaydiyu Olimpiya terma jamoasi sardori. Etakchilik qobiliyati bor. Maydonda hissiyotlar ko'p sarflaydi. Natijada qizil kartochka oladi. U iqtidorli futbolchi. Balki oxirgi o'yinlarda jamoamizga  yordam berar.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика