So’nggi yangiliklar

09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  6 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  1 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0

Denis Korostichenko: "G'ijduvon" shunday o'yin ko'rsatishini bilgandik" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "G'ijduvon" shunday o'yin ko'rsatishini bilgandik"

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko Pro-liganing 18-turi doirasida "G'ijduvon" maydonidagi g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.

- "G'ijduvon" shunday o'yin ko'rsatishini kutgandik. Birinchi bo'limda ishlar unchalik o'xshamadi, ikkinchisida ham. Bugun g'alaba qozonib, uch ochko qo'lga kiritganimiz eng muhimi bo'ldi. 

- Gol haqida fikringiz. CHiroyli gol urildi.

- Standartdan keyin uriladigan golni ancha vaqt kutdik. Bugun yaxshi kun bo'ldi, chunki standartdan gol ura oldik. Uzoq vaqt standartlardan gol urish bo'yicha ishladik. SHu boisdan bugungi kunni quvonchli kun desak bo'ladi.

- O'yinning og'ir o'tishini kutganmidingiz?

- Oson bo'lmasligini kutgandik. O'yin so'ngida himoyada o'ynashga, to'pni tepib yuborishga ham tayyor bo'lib turgandik. Aytganimdek, barcha rejalar amalga oshmadi.  O'yinni ko'rib chiqamiz, taxlil qilamiz va yigitlar bilan bu borada gaplashib olamiz.

- Keyingi tur o'z maydonimizda "SHo'rtan"ga qarshi o'tkaziladi. Bu o'yinga jamoa qay tariqa tayyorlanadi?

- So'nggi o'yinlar ancha qiyin o'tadi. Jamoani reja bo'yicha tayyorlaymiz. O'z maydonimizda yutishga majburmiz. 

- Birinchi bo'limda golga tortadigan yaxshi vaziyatlar bo'ldi, biroq gol urilmadi. Futbolchilarda yoki o'ziga bo'lgan ishonch ko'payib ketdimi yoki boshqa sabab bo'ldimi?

- Bunday paytda futbolchida gol urish yoki urmaslikdan boshqa fikr bo'lmaydi. Qaerdadir darvozabon yaxshi o'ynadi va jamoasini goldan saqlab qoldi. Qaerdadir o'zimiz yaxshi vaziyatda raqib darvozasiga noaniq zarba yo'lladik. Sabab sifatida texnik "braklar"ni yoki raqib posbonining mahoratini keltirib o'tsam bo'ladi. Nafaqat ushbu vaziyatlar, balki, boshqalarini ham ko'rib chiqishimiz kerak. Asosiysi - oson bo'lmagan safar o'yinida uch ochko oldik. Endi navbatdagi o'yinga tayyorlanamiz.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика