So’nggi yangiliklar

22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  0 21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6

Denis Korostichenko: "G'alaba qozonishimiz uchun bir detal etishmayapti, xolos. Alisher Odilov BAA klubiga ko'chib o'tmoqda" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "G'alaba qozonishimiz uchun bir detal etishmayapti, xolos. Alisher Odilov BAA klubiga ko'chib o'tmoqda"

Superliga 14-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Nasaf" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bugungi o'yin uchun yigitlarga rahmat aytaman. Biz munosib kurashdik. Yaxshi o'yin namoyish etdik, deb o'ylayman. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Menimcha, "Nasaf" chempionlik uchun dadil qadamlar tashlamoqda. Bugun biz juda yaxshi shakllangan jamoaga qarshi o'ynadik. Tajriba ham o'z so'zini aytdi. Biz bugun yaqqol golli vaziyatlarga ega bo'lmadik, lekin shunga qaramay futbolchilarim namoyish etgan o'yindan ko'nglim to'ldi.

- "Olimpik" jamoasi birinchi taymni juda yaxshi o'tkazdi, yuqori pressing va tezkor futbol namoyish etdi. Ikkinchi bo'limda esa jamoa o'yini sustlashgandek tuyuldi. Jamoangiz tanaffusdan keyin ham birinchi bo'limdagi tempni ushlay olmaganiga nima sabab bo'ldi?

- Etibor bergan bo'lsangiz, biz bugun o'zgarishlarga qo'l urgandik. Oldingi bahslarda zaxiradan maydonga tushgan va o'yinimizni yanada kuchaytirgan futbolchilarni bugun asosiy tarkibga qo'ydik. Bugungi rejamiz shu edi. Birinchi taymni yaxshi o'tkazdik. To'p bilan yaxshi harakat qildik. "Nasaf"ga qarshi ikki bo'lim bunday o'yin namoyish etish qiyin edi. O'zgarishlarimiz o'yinga etarlicha tasir o'tkaza olmadi. Sunnat Abdullajonov birinchi bo'limdayoq og'riq his etayotganini aytdi, SHerzod Komilovni majburan zaxiraga oldik. Ikkita majburiy o'zgarish o'yinimizga tasir o'tkazgandir.



- "Olimpik" futbolchisi Alisher Odilov hech qaerda ko'rinish bermay qoldi. Odilov hozir qaerda?

- Adashmayotgan bo'lsam, Odilov BAA klubiga o'tmoqda. To'g'risi, aynan qaysi klub ekanligi esimda yo'q. Nega hali rasman elon qilinmaganidan xabarim yo'q. Alisher tez orada yangi jamoa azosiga aylanadi.

- "Olimpik" jamoasi ko'pchilik jamoalarga qarshi yaxshi o'yin namoyish etayotganiga qaramay, jamoa etarlicha ochkolar to'play olmayapti. "Olimpik" jamoasi qachon ochkolarni qo'lga kirita boshlaydi?

- Biz har bir bahsda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Har bir o'yinda bir nima etishmayotgandek. O'yindan o'yinga kuchayib bormoqdamiz. "So'g'diyona", "Nasaf" chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar, "Lokomotiv" esa aslida teparoqda bo'lishi ham mumkin. Keyingi uchrashuvimizni safarda "Neftchi"ga qarshi o'tkazamiz. Keyingi tur bahsiga uzoq kutilgan uch ochkoni qo'lga kirita olishimizga ishonaman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика