Denis Korostichenko: "Durang adolatli natija bo'ldi"
07 noy 2024 19:35
Yangiliklar
Denis Korostichenko: "Durang adolatli natija bo'ldi"
Superliganing 24-turi doirasidagi OKMK hamda "Olimpik" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng (2:2) mehmonlar ustozi Denis Korostichenko o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ilk navbatda yigitlarga o'yin uchun rahmat aytaman, ular harakat qilishdi. Medallar uchun kurashayotgan jamoaga qarshi o'ynash qiyin. OKMK kuchli jamoa. Lekin yigitlarimiz ularga qarshi o'ynash mumkin ekanligini ko'rsatishdi. O'yin jangovar ruxda o'tdi. Ikki tomonda ham g'alaba uchun imkon bor edi. Bizda ham, OKMKda ham. Albatta oldinda borayotib, gol o'tkazib yuborish biroz alamli bo'ldi. Lekin durang adolatli natija bo'ldi", - dedi Denis Korostichenko.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar