Denis kelasi mavsumda "Barselona"da o'ynaydi
12 may 2016 12:35
Yangiliklar
Denis kelasi mavsumda "Barselona"da o'ynaydi
"Vilyarreal" yarim himoyachisi Denis Suares kelasi mavsumdan "Barselona" sharafini himoya qiladi.
Malumotlarga ko'ra, klublar bu borada kelishuvga erishishdi va Suares 25 may kuni bo'lib o'tadigan "Barselona" va "Sevilya" o'rtasidagi Ispaniya Kubogi final bahsidan so'ng Kataloniya klubi tasarrufida bo'ladi.
Klublar o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, agar "Barselona" Suaresni ikki mavsum ichida uchinchi klubga sotsa "Vilyarreal" bu transferdan tushgan pulning bir qismiga ega bo'ladi. "Sariq suvosti kemasi" birinchi mavsumdagi transfer uchun 50%, ikkinchisi uchun 25% mablag'ni qo'lga kiritadi. "Barselona" "Vilyarreal"ga Suares uchun 3 mln. 250 ming evro to'laydi.
Suares joriy mavsumda Ispaniya chempionatining 32 uchrashuvida, 4 ta gol urdi va shuncha golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar