Denis Ivankov: "Vaziyatdan to'g'ri xulosa chiqara olishimiz kerak "
16 iyu 2021 19:35
Yangiliklar
Denis Ivankov: "Vaziyatdan to'g'ri xulosa chiqara olishimiz kerak "
Vakillarimiz bugun tushdan so'ng yurtimizga qaytib keldi. Muxbirimiz terma jamoamizning darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankovning fikrlari bilan qiziqdi.
"Afsuski, Jahon chempionati saralashi biz uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Nima bo'ldi, Qaerda qanday xatoga yo'l qo'ydik, hammasini tahlil qilamiz. Hozir biror narsa deya olmayman. Vaziyatdan to'g'ri xulosa chiqara olsak, bo'lg'usida bunday holat kuzatilmasligiga ishonaman.
Darvozabonlarni Saudiya Arabistoni bilan o'yinga odatdagidek tayyorladik. Raqibning kuchli tomonlarini o'rganib chiqqandik. Nazariy mashg'ulotlarda qaysi futbolchisi xavfli ekanligi aytilgandi. Qaysidir joyda himoyadagi xatolar ham pand berdi.
Uchrashuvning masuliyatini hamma his qilib turgandi. SHu bois biroz hayajon kuzatilgan bo'lsa kerak. Barcha g'alaba uchun harakat qildi. Biroq o'xshamadi", - deydi Denis Ivankov.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
Fikrlar