Denis CHerishev: “Barselona”ni yutishimiz ham mumkin edi”
09 okt 2018 00:11
Yangiliklar
Denis CHerishev: “Barselona”ni yutishimiz ham mumkin edi”
“Valensiya” klubi hujumkor yarim himoyachisi Denis CHerishev “Barselona”ga qarshi kechgan o'yin (1:1)dan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Uchrashuvni o'z foydamizga hal qilishimiz kerak edi. Bunga yaqin ham edik. Tezkor gol bizni ruhlantirib yubordi. Butun o'yin davomida kataloniyalik yulduzlarga qarshi o'yin haroratini his etib turdik. Ularga qarshi munosib o'yin namoyish etganimizdan xursandmiz.
G'alaba qozonish uchun imkoniyatlarimiz etarlicha bo'ldi. Lekin yuzaga keltirilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Hujum va himoyada sifatli o'yin namoyish qila olganimizdan mamnunmiz. Ammo, bugungi bahs xatolar ustida ishlashimiz kerakligini ko'rsatib berdi”, - deya CHerishevning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
19:10
"Barsa" Uilyamsning transferi barbod bo'lsa, "Bavariya" vingeri bilan shartnoma imzolashi mumkin 5
Fikrlar