Denis Bushuev: "Bugun yigitlarimni umuman tanimadim. Birinchi soniyalardanoq futbolchilar ko'zida shijoat yo'q edi"
13 may 2023 22:45
Yangiliklar


Denis Bushuev: "Bugun yigitlarimni umuman tanimadim. Birinchi soniyalardanoq futbolchilar ko'zida shijoat yo'q edi"
Coca Cola Superligasi 10-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Turon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Denis Bushuev matbuot anjumanida qatnashdi.
O'yin haqida
- Birinchi navbatda, raqibni ajoyib g'alaba bilan tabriklayman. Haqli g'alaba. Stadion, maydon, muxlislar – hammasi ajoyib. Bugun jamoamni tanimadim. Afsuski, bugun biz raqibga qarshilik ko'rsata olmadik.
- O'yin shunday natija bilan tugashini kutganmidingiz? Birinchi taymda durang qayd etilgandi...
- Bugun yigitlarimni umuman tanimidim. Birinchi soniyalardanoq futbolchilar ko'zida shijoat yo'q edi, agressiya etishmasdi. Hafta davomida ikki uch marta uzoq masofaga bordik, balki shu tasir qilgandir.
- "So'g'diyona" haqida nima deya olasiz?
- Ajoyib jamoa. Ular bugun g'alabaga haqli edilar.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar