Dembele Xitoy klubiga o'tganidan afsusda emas
29 iyu 2019 12:51
Yangiliklar


Dembele Xitoy klubiga o'tganidan afsusda emas
"Guanjou Fuli" yarim himoyachisi Mussa Dembele Xitoy klubiga o'tganidan afsusda emasligini takidlab o'tdi.
Xavbek 2019 yil qishda "Tottenxem"dan "Fuli"ga o'tgan edi.
- Men "Guanjou"ga o'tganimda, ular meni iliq kutib olishdi. Meni biladiganlar men o'z qarorimdan afsusda emasligimni juda ham yaxshi bilishadi. "Tottenxem" bilan finalgacha bora olmaganim achinarli, ammo bundan umuman afsuslanmayman. "Tottenxem" uchun xursandman, chunki ular bunga haqli edilar", - deydi Dembele.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchi 2012-2019 yillar mobaynida "Tottenxem"da o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar