Dembele sotiladi, agarda...

Mirjalol Normatov
9 iyun 2019, 15:55
"Barselona" yarim himoyachisi Usmon Dembele yana bir ichki qoidalarni buzdi.

As xabariga ko'ra, "Valensiya"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin Dembele bir necha bora mashg'ulotlarga kech qolgan.

U bunga fizioterapevtning mashg'ulotlarini sabab qilib ko'rsatgan. Ammo jadval bo'yicha u mashg'ulotlarga kech qolmasligi kerak bo'lgan.

"Barselona"ga Dembelening bu munosabati yoqmayapti. Bundan bir necha kun oldin rahbariyat vazifasiga bo'lgan munosabatni o'zgartirmasa, transferga qo'yilishini ma'lum qilgan.

Dembele dekabr oyidagi ertalabki mashg'ulotlarga uhlab qolgani uchun bir necha bora kechikkandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As