So’nggi yangiliklar

23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  5 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  1 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  19 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7

Dele Alli: “Kimsasiz orolga to'p, popkorn va suv olgan bo'lardim” Yangiliklar

Dele Alli: “Kimsasiz orolga to'p, popkorn va suv olgan bo'lardim”

Teglar :  Delli AlliAngliya
Angliya terma jamoasining yangi yulduzlaridan biri Dele Alli Angliya futbol associaciyasi tomonidan o'tkazilgan intervyuda muxlislardan kelgan savollarga javob qaytardi.


- Uels bilan o'yindan keyin Ben Devisga ko'z yoshlarini artishi uchun dastro'mol berdingizmi?

- Bahsdan keyin Ben bilan chin dildan suhbatlashdik. Dastro'mol haqida esa eslamadim.

- Erik Dayer bilan qanday do'stlashgansiz?

- Erik seni darhol quchish bilan qarshi oladigan insonlardan sanaladi. “Tottenxem”ga kelganimda Dayer ham klubga yangi kelganlardan edi va biz tez til topishib ketdik.

- Angliya tarixidagi eng kuchli futbolchi kim?

- Stiven Jerrard - kumirim.

- Evro-2016dagi dastlabki g'alabaga yigitlar qanday munosabatda bo'lishdi?

- CHempionatga kelganimdan xursandman, bu men uchun birinchi yirik musobaqa. Ingliz muxlislariga qoyil, ular bizga ajoyib dalda bo'lishmoqda.

- Erik Dayer Rossiyaga gol urgandek jarimadan to'p kirita olasizmi?

- Unga omad kulib boqdi (kuladi). Hazillashdim, Erik hamisha bunday zarbalar ustida ishlaydi.

- Bolalar uchun kumirga aylandingiz. Bu haqida nima deya olasiz?

- Bolalar bazida birga suratga tushishni so'rashadi. Menda esa bu haligacha xayolimga kelmaydi.

- Terma jamoada sheriklaringizdan biror yangi harakatni o'rgandingizmi?

- Bilmadim, kimdir ko'rganmi, lekin Erik internetga Jon Stounz bilan yugurayotgan odamni ko'rsatishgan holni joylashtirdi. Buni shu ishni uddalay olmaganim uchun videoga oldim. Ulardan o'rganaman.

- Kimsasiz orolga qaysi uch narsani olardingiz va nima uchun?

- Bu qiyin savol. Albatta, hech qachon zerikmaslik uchun futbol to'pini olardim. Yana bug'doyli popkornni ham, ular oroldagi quyoshda pishib qoladi. Yana chanqashdan halok bo'lmaslik uchun suv olardim.

- Hayotda Erik Dayer haqida film suratga olishsa, qaysi aktyorni rol o'ynash uchun taklif etardingiz?

- Juda ko'p aktyorlarni bilmayman. Jon Xillni chaqirardim, uning sochlari qo'ng'iroq va kulguli, Erikni eslatadi. Yana ko'rinishi ham deyarli bir xil.

- Faoliyatingizdagi eng yoqimli lahza qaysi?

- “Tottenxem” safida “Lester”ga qarshi va terma jamoada Franciya bilan o'yindagi gollarimdan birini tanlashim qiyin. Lekin ikkinchisi afzalroq, menimcha.

- FIFA” o'yinida o'zingizni o'ynab ko'rganmisiz?

- 1-2 marta, lekin unda hozircha unchalik kuchli emasman. Umid qilamanki, keyingi yil meni yaxshiroq qilib ishlashadi. SHunda, balki o'ynab ko'raman.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика