Dele Alli: "Bolaligim juda og'ir o'tgan"
13 iyu 2023 16:55
Yangiliklar
Dele Alli: "Bolaligim juda og'ir o'tgan"
"Bolaligim juda og'ir o'tgan. 6 yoshimda onamning do'sti tomonidan jinsiy zo'ravonlikka duch kelganman. Keyin meni intizomli bo'lishim uchun Afrikaga yuborishgan. 7 yoshimda chekishni boshladim, 8 yoshimda esa giyohvand moddalar bilan shug'ullana boshladim. Erkaklardan biri menga policiyachilar bolalarni to'xtatmasligini aytdi, shuning uchun men velosipedim ostiga narkotik yashirib, futbol to'pi bilan birga olib yurardim. 11 yoshimda qo'shni ko'chadagi bir odam ko'prikda boshimni pastga qaratib, osib qo'ydi va 12 yoshimda meni bir ajoyib oila boqib oldi".
Bundan tashqari, Dele 2020 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi bo'lganini va "Beshiktosh"dan qaytgach, ko'p ichib, uyqu tabletkalarini qabul qilganini tan oldi. Angliyalik hatto ruhiy salomatlik reabilitaciya markaziga murojaat qilishga majbur bo'lgan.
Fikrlar