Deku Neymarning "Barsa"ga qaytishi haqida: "Jamoani qurishda balansni unutmagan holda, aql bilan ish ko'rish zarur"
06 mar 19:04
Yangiliklar
Deku Neymarning "Barsa"ga qaytishi haqida: "Jamoani qurishda balansni unutmagan holda, aql bilan ish ko'rish zarur"
"Neymar fenomenal o'yinchi edi va bu erda malum daraja hamda yutuqlarga erishdi. Bazan bunday voqealar takrorlanadi, bazida esa yo'q – hech qachon aniq bir nima deya olmaysan. Biroq hozir "Barselona" Neymar haqida yoki futbolchi klub haqida o'ylashiga qulay fursat emas.
Albatta, Neymar – muhim futbolchi va scenariy klub uchun ham, futbolchi uchun ham birdek foydali bo'lishi zarur. Jamoani qurishda balansni unutmagan holda, aql bilan ish ko'rish zarur.
O'ylashimcha, Neymar eng avvalo yana futboldan zavq olib o'ynashi kerak. Hozirgi kunda Ney uchun Braziliya va "Santos"dan yaxshiroq joyni ko'rmayapman. Men uni qo'llab-quvvatlayman va baxtli bo'lishini istayman, chunki u Braziliya terma jamoasi uchun ham kerakli o'yinchi. Futbolni yaxshi ko'radigan har bir inson Neymarni o'yindan zavqlanayotganini ko'rishi kerak", – dedi "Barselona" sport direktori.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar