Deku: "Messi ketganidan keyin "Barselona" hali ham tiklanish jarayonida"
14 noy 2023 22:51
Yangiliklar
Deku: "Messi ketganidan keyin "Barselona" hali ham tiklanish jarayonida"
"Barselona" sport direktori Deku hujumchi Leo Messi ketganidan keyin jamoa hali ham o'ziga kela olmaganini aytdi.
"Barselona" Messidan ayrilganiga ko'p bo'lmadi. U tarixdagi eng zo'r futbolchi. Uning ketishi klub uchun haqiqiy tragediya bo'lgan va shu sababdan klubning o'ziga kelishi qiyin bo'lmoqda. "Barselona" hali ham tiklanish jarayonida, buning uchun yana vaqt kerak", - dedi mutaxassis "Managing Barca" nashriga.
Messi 2021 yilda "Barselona"ni erkin agent sifatida tark etgandi. Oldinroq Leo Evropa futboliga qaytmasligini aytgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
МЛС. Мессининг супер ўйини "Интер Майами"ни ярим финалга олиб чиқди
Винисиус "Реал"дан йилига 30 млн. евро талаб қиляпти, аммо "Реал"...
Ла Лига. "Реал" "Эльче" билан ўйинда қоқилди, аммо биринчи ўринда қолди — "Барселона" билан орадаги фарқ 1 очко
Fikrlar