Deklan Rays APL tarixiga kirdi
02 fev 19:58
Yangiliklar
Deklan Rays APL tarixiga kirdi
Londonning "Arsenal" jamoasi Angliya Premer-ligasining 24-turi doirasida "Lids" mehmoni bo'ldi (4:0).
"Kanonirlar" safidagi o'yinchilardan biri uchun bu uchrashuv tarixiy ahamiyat kasb etdi.
London jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays 27 yoshu 17 kunligida Premer-liga tarixida 300 ta o'yin o'tkazgan beshinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Undan yoshroq paytida bu marraga faqat Ueyn Runi, Jeyms Milner, Garet Barri va Rahim Sterling erishgan.
Qayd etish joizki, Rays APLda qatnashgan 300 ta o'yinning 204 tasini "Arsenal"ga o'tishidan oldin "Vest Xem" safida o'tkazgan. Joriy mavsumda yarim himoyachi ligada 23 o'yinda 4 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" 90+10 дақиқада гол уриб, ўн киши бўлиб қолган "Райо Вальекано"ни мағлубиятга учратди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Тоттенхэм" билан ўйинда 2:0 ҳисобида ғалаба қозона туриб, якунда очко йўқотди
Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон гуруҳдаги сўнгги ўйинда Японияга мағлуб бўлди, аммо кейинги босқичга чиқди
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"га 3 та гол урди
Fikrlar