Deyv Uilan "Uigan"ni 23 yoshli nabirasiga topshirdi
04 mar 2015 10:52
Yangiliklar

Deyv Uilan "Uigan"ni 23 yoshli nabirasiga topshirdi
78 yoshli Deyv Uilan "Uigan" prezidenti lavozimini tark etib uni 23 yoshli nabirasiga topshirdi.
Uilan 1995 yilda "latikslar" uchinchi divizionda ishtirok etayotganida sotib olgandi. Deyv boshchiligida "Uigan" 8 yil davomida Premer-Ligada ishtirok etdi, 2013 yilda Angliya Kubogini qo'lga kiritdi. Bundan tashqari 1999 yil qurib bitkazilgan 25 minglik stadion ham aynan shu prezident davrida ishga tushgan. Stadion qurilishiga 30 million funtov sarflangan.
Endi Uilan yoshi o'tib qolgani tufayli o'z nabirasi Devid SHarpga prezidentlikni topshirdi. SHarp shu paytgacha stadion yaqinidagi restoranlardan birini yuritib kelayotgandi. Deyv o'zining xayrlashuv nutqida "Uigan" sotilmasligini aytib o'tdi.
Ayni paytda "Uigan" CHempionshipda so'nggi o'rinlarda bormoqda. Klub muxlislar yaqin orada o'z suyuklilarini Angliya premer ligasida ko'rishmasa kerak.

Fikrlar