So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  1 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

Debora Tyuer "Simonenko masalasi" "Bunyodkor" foydasiga hal bo'lishi mumkinligini aytdi Yangiliklar

Debora Tyuer "Simonenko masalasi" "Bunyodkor" foydasiga hal bo'lishi mumkinligini aytdi

Xabaringiz bor, FIFA "Bunyodkor" futbol klubini 6 ochkodan mahrum qilish borasidagi xatni PFLga yuborgandi.

Mazkur qaror bo'yicha birinchilardan bo'lib axborot bergan edik. Xatda 2014 yil poytaxtliklar safida faoliyat olib borgan Sergey Simonenkoga berilishi kerak bo'lgan summa o'z vaqtida berilmagani qayd etilgan bo'lib, bunga jazo sifatida 6 ochkoli sankciya qo'llash lozimligi aytilgandi. 

SHundan so'ng "qaldirg'ochlar" rahbari Murod Aliev saytimiz bilan bog'lanib, aslida pul himoyachining hisob raqamiga tushganligini aytib o'tdi. 

Kuni kecha "Bunyodkor" vakillari FIFA tartib-intizom qo'mitasi rahbari bilan muloqotda bo'ldilar va futbolchiga ajratilgan summaning barchasi uning "Ipoteka" bankda ochilgan plastik kartochkasiga tushganini isbotlab berishdi. Faqat undagi pullarni echib olish uchun futbolchining o'zi Toshkentga kelishi kerakligi, ammo bu ishni cho'zib yurgani aytib o'tilgan. Vaziyat oydinlashgach, Debora Tyuer xonim barcha hujjatlar FIFAga yuborilishi hamda 6 ochkolik sankciya bekor qilinishini takidlab o'tgan. 

Birgina muammo shundaki, 2014 yilda ishlagan rahbariyatning xatosi tufayli 15 % summagina FIFA qayd etgan hisob raqamiga emas, balki eski hisob raqamga tushirilgan. Undan tashqari FIFA mazkur ishni ko'rib chiqqani uchun 17 000 miqdordagi hisob raqamini "Bunyodkor" klubiga yuborgan. 

Demak, Simonenkoning hisob raqamiga tushgan pullar haqiqatdan ham bankda turganligi to'g'risidagi hujjat FIFAga taqdim etilsa klub OCHL yo'llanmasi uchun kurashishda davom etadi, agar PFLning o'zi bu ishga qo'l urmasa.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика