De Yong Niderlandiyaga qaytishi mumkin
14 iyu 2021 01:38
Yangiliklar
"Seviliya" hujumchisi Lyuk de Yong klubini o'zgartirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo SHiraning malum qilishicha, forvard o'zining sobiq klubi — "PSV" bilan muzokara olib bormoqda.
Manbada qayd etilishicha, "PSV" o'yinchiga uch yillik shartnoma taklif qilgan.
Eslatib o'tamiz, forvardning "Seviliya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
De Yong o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 48 o'yinda maydonga tushib, 9 gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar