De Yong: "Barselona" "Real"ga etib olishi mumkin"
27 jan 2025 17:33
Yangiliklar
De Yong: "Barselona" "Real"ga etib olishi mumkin"
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoasining "Real"ga qarshi chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlariga baho berdi.
Yakshanba kuni "ko'k-anorranglilar" o'z maydonida "Valensiya"ni tor-mor etib (7:1), La Ligadagi g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi. Bir kun avval Madridning "Real" klubi safarda "Valyadolid"ni mag'lub etdi (3:0).
21-turdan keyin "qaymoqranglilar" 49 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi pog'ona "Atletiko"da (45), "Barselona" esa atigi uchinchi pog'onada (42).
7 ochkolik farqqa qaramay, kurash hali oldinda ekanligiga Frenki de Yongning ishonchi komil:
"Albatta, biz La Ligada "Real"ga etib olishimiz mumkin", – deya javob berdi niderlandiyalik chempionlik uchun kurash haqidagi savolga.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar