So’nggi yangiliklar

12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  2 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  7 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  41 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  20 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  2 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  20

De Xea "Real"ga o'tmasligi kerak. Sabablari... Yangiliklar

De Xea "Real"ga o'tmasligi kerak. Sabablari...

David Angliyada muhim futbolchi.

"Manchester Yunayted" yana qancha vaqt ushlab tura oladi? Ispaniyalik darvozabon fantastik seyvlar qilganida bu savol "Yunayted"ning har bir muxlis miyasida tez-tez aylanadi.

So'nggi 5 yilda De Xea shunchalik darajada o'sdi-ki, "Manchester Yunayted"ning darajasi uning saviyasida emas. Agarda De Xea MYU darvozasini qo'riqlamaganida "qizil iblislar" "Sevilya"ga qarshi ilk bahsdayoq ko'plab gollar o'tkazgan va javob uchrashuvi shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tgan bo'lardi.

Va nihoyat De Xea MYU bilan yangi shartnoma imzolashga kelishib oldi

So'nggi yillarda "Yunayted" aynan Davidga tayanib o'yin namoyish etmoqda, buni videolarda bemalol ko'rishingiz mumkin. Fergi ketganidan keyin jamoa 4tagina sovrinni qo'lga kiritdi. Albatta, Ser Aleks jamoani tark etganidan keyin MYUning statusi ham, ambiciyalari ham o'zgardi: 5 yil davomida "Yunayted" chempionlikni qo'lga kiritmadi, hattoki chempionlik poygasida ham qatnashmadi. Ha, jamoa yaqindagina "Siti"ni mag'lub etdi va ikkinchi o'rinni egallash uchun munosib qadam tashladi.

Bu natijalar dunyoning eng zo'r posbonlaridan biri uchun etarlimi? Bu xuddi De Xea kuchlimi, Noyer yoki Buffon degandek. David jamoasining qo'lga kiritayotgan har bir ochkosida muhim rol o'ynamoqda va kosmik harakatlari bilan barchadan ajralib turibdi.

"Manchester"dan ketish posbonning qilgan eng katta xatosi bo'ladi. "Yunayted" futbolchiga shon-sharaf, yuqori daraja va katta maosh keltiradigan klub bo'la oladi. Unday bo'lmaydi deysizmi? "Bavariya"da Noyer, "Barselona"da Ter SHtegen bor. Albatta, bir vaqtlar De Xea ham "Real"ga o'tishga yaqin turgandi. Biroq uning transferi nima uchun amalga oshmaganini yaxshi eslasangiz kerak. SHu boisdan "Yunayted" fantastik o'yin namoyish etayotgan golkiperni qo'yib yuborishni xohlamaydi.

Madrid superklubi muxlislari darvozabonni o'z jamoasida ko'rishni istashlari malum, biroq bir vaqtlar transfer amalga oshmay qolgan. Devid Bekxem o'z vaqtida MYU uchun soya bo'lgandi, Kaka esa qimmatbaho ijodkorga aylandi. Qaysar prezident Florentino Peresning qarorlari bilan jamoada katta o'zgarishlar bo'ldi. Kasilyas va Ronalduga hushtak chalishdi, jarohatlar girdobida bo'laveradigan Beyl esa tanqidlar o'chog'i bo'lib xizmat qildi.

"Real" ko'p yulduzlarni dahshatli summaga sotib oladi va "qurbonlari" ro'yxatini kengaytirib boradi. Faoliyatini "Atletiko"da boshlagan De Xea "Real"ga o'tadi va bitta xatogacha kuchli darvozabon bo'ladi. O'sha xato bo'lganida "Real" muxlislari Donnarummani yoqtirib qolishadi. Keyingi safar De Xea to'pni ushlay olmay qolsa zaxiraga o'tiradi va "Santyago Bernabeu"ga yomon ko'rinib qoladi.

De Xea Ispaniya termasi safida bo'lganida bir gapni aytgandi: "Ispaniyada meni hurmat qilishmayapti".

De Xea: "Ispaniyada meni hurmat qilishayotganini sezmayapman"

Yoki darvozabonlik poziciyasida hali ham Kasilyasning ruhi kezib yuribdi yoki hujum chizig'iga katta etibor bergan muxlislar posbonlarga qarashmaydi.

De Xea "Manchester"da oltinchi mavsum o'ynamoqda. Bu erda u katta xato qilsa ham jim bo'lishmoqda. Angliyada uni jamoaning etakchi futbolchisi sifatida qattiq hurmat qilishadi. Hattoki Mourino De Xeaga ko'z tegib qolmasligi uchun posbon haqida deyarli gapirmaydi. 

"Yunayted" muxlislari klub tarixida katta ishlarni qilgan futbolchilarni sevishadi. Yomg'irli tunlarda Ronalduning xatti-harakatlari "Old Trafford"ni larzaga keltirardi. Ronaldu faqatgina oldinga intiladigan futbolchi, shu boisdan u haqda muxlislar turli xil yomon fikrlarga ham borishgandi.

De Xea Manchesterda o'ziga bildirilgan xushomadlarni yoqtirmaydi. CHunki u  Edvin Van der Sarni har doim o'zidan ustun qo'ygan. Uning so'nggi imzolangan shartnomasi Van Gal davrida tuzilgan edi va bu yaqin yillarda yakuniga etadi. Katta ehtimol bilan "Yunayted" rahbariyati futbolchini o'zida ushlab qolishga harakat qiladi va Pogba va Lukaku kabi maosh oladi. 

Agarda De Xea g'alabalar va sovrinlar haqida o'ylasa, "Real"ga ketishi mumkin. Biroq yaqin yillarda "Yunayted" ham sovrinlar uchun o'ynaydi va bunda David muhim figuraga aylanadi. Buyuk "Old Trafford" esa uni bir umr jamoada qolishini istaydi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика