De Xea MYUda o'ynash bo'yicha 10-o'ringa chiqib oldi. Giggzning rekordigacha 452 ta o'yin qoldi
07 jan 2023 08:47
Yangiliklar


De Xea MYUda o'ynash bo'yicha 10-o'ringa chiqib oldi. Giggzning rekordigacha 452 ta o'yin qoldi
Darvozabon David de Xea "Manchester Yunayted" safidagi 511-o'yinini o'tkazdi.
U Angliya Kubogi doirasida "Everton"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Endilikda u MYUda o'yin o'tkazish bo'yicha 10-o'rinni egallab turibdi.
Bu borada rekord Rayan Giggzga tegishli. U "Manchester Yunayted" uchun 963 ta o'yin o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar