De Xea eng ko'p maosh oladigan posbonga aylanadi

21 iyul 2019, 07:33
“Manchester Yunayted” posboni David De Xea manikunianliklar tarkibida to'p tepishda davom etadi.

Ispaniyalik futbolchi jamoasi bilan yangi shartnomaga imzo chekishga rozilik bildirdi va ushbu kelishuv rasman tasdiqlanishi bilan u dunyoning eng ko'p maosh oluvchi darvozaboniga aylanadi.

Ushbu shartnoma De Xea MYU bilan AQSH turnesini yakunlab qaytganidan so'ng imzolanadi. 28 yoshli De Xea 2011 yildan buyon inglizlar sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph