De Xea dunyoning eng ko'p maosh oluvchi darvozaboniga aylanadi
19 iyu 2018 13:43
Yangiliklar
De Xea dunyoning eng ko'p maosh oluvchi darvozaboniga aylanadi
"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea yangi shartnoma bo'yicha yiliga 21 mln. evro ishlab topadi.
Oldinroq, de Xea "qizil iblislar" bilan uzoq muddatli bitim imzolashga yaqinligi xabar berilgan edi.
SHunday qilib, de Xea dunyoning eng ko'p maosh oluvchi posboniga aylanadi. "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyerning yillik maoshi 15 mln. evro.
David 2011 yil "Atletiko"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. So'nggi mavsum u "qizil iblislar" safida 46ta uchrashuvda maydonga tushdi. Posbon to'rtinchi marta o'z klubida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fikrlar