De Xea darvozasiga belgilangan so'nggi 15 ta penaltining barchasi golga aylanmoqda
24 mar 2019 07:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/485138_original.jpg)
![](/upload/storage/485138_220.jpg)
De Xea darvozasiga belgilangan so'nggi 15 ta penaltining barchasi golga aylanmoqda
Ispaniya terma jamoasi posboni David De Xea Evro-2020 saralash bahslari doirasida Norvegiya termasiga qarshi bellashuvda 11-metrlik jarima zarbasini bartaraf eta olmadi.
Bu bilan ushbu posboni Ispaniya termasi va MYU safida o'z darvozasiga belgilangan so'nggi 15 ta penaltining birortasini ham qaytara olgani yo'q.
De Xea so'nggi bor 2016 yilning aprelida Angliya kubogi doirasida “Everton”ga (2:1) qarshi bahsda Romelu Lukakuning 11-metrlik “nuqta”dan yo'llagan zarbasini to'sib qolishga erishgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar