De Xea – APLda bir klub safida 100ta quruq o'yin o'tkazgan ettinchi darvozabon

24 fev 2019, 22:10
APLning 27-turida "Manchester Yunayted" jamoasi "Liverpul" bilan uydagi uchrashuvda (0:0) ochkolarni bo'lishib oldi.

MYU posboni David De Xea APL tarixida bir klub uchun 100ta quruq o'yin o'tkazgan ettinchi kiperga aylandi. Mankunianliklar safida faqatgina Peter Shmeyxel ushbu natijaga erisha olgan (112 o'yin).

APL tarixida turli klublarda 100talik marrani zabt etgan darvozabonlar orasida De Xea 15-o'rinda bormoqda. Yetakchilikni Petr Chex (202) qo'lga olganini taikdlash kerak.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/premierleague