De Rossi: "Faoliyatimni "Roma"da davom ettirmoqchiman, ammo klub buni istamayapti"

Aslanov Jasurbek
14 may 2019, 18:14
"Roma" yarim himoyachisi va sardori Daniele de Rossi joriy mavsum oxirida klubdan ketishi haqida fikr bildirdi.

"Bu haqida kecha bildim. Bu yerda yana 1-2 yil o'ynay olaman deb o'ylayman. Klubning o'rnida o'zim bilan shartnomani uzaytirgan bo'lardim. Jarohatlarni hisobga olmasak, yaxshi o'yin ko'rsatganman. Endi jamoa izlashim kerak.

Qarorni klub qabul qildi, men emas. Men shu yerda qolishni istardim, ammo ular buni xohlashmayapti. Rahbariyati va futbolchilar o'rtasidagi masofa juda katta, kelajakda "Roma" bu borada o'sishga erishadi deb umid qilaman" - deydi De Rossi.

18 yil "Roma" sharafini himoya qilgan De Rossi klubni tark etmoqda

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com