De Rossi yirik hisobdagi mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'radi
22 okt 2014 14:46
Yangiliklar


De Rossi yirik hisobdagi mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'radi
"Roma" yarim himoyachisi CHempionlar ligasi 3-tur uchrashuvida "Bavariya"dan uchralgan yirik hisobdagi (1:7) mag'lubiyat uchun kechirim so'radi.
"Muxlislardan uzr so'raymiz. Butun shahar shu o'yinni kutgandi. "Bavariya"ning 90 foiz futbolchilar jahon chempionlaridir, ammo biz bundanda yaxshi o'yin namoyish eta olardik. Ular jismoniy jihatdan kuchliroq edi. Natijadan ko'rinib turibdiki, biz hali ko'p ishlashimiz kerak ekan" - deydi futbolchi.

Fikrlar