So’nggi yangiliklar

14:59ЖЧ-2026 саралаши. Ироқ терма жамоаси таркиби эълон қилинди — рўйхатда А Сериядан ҳам вакил бор  0 14:10ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — КХДР учрашувини ким бошқариб бориши ёдингиздами?  2 13:41"Ливерпуль" собиқ футболчиси АПЛга қайтишга яқин  1 12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  1 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  1 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  1 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  15 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  1 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  2 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  3 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  7 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  6

De Rossi faoliyatini tugatishiga kim majbur qildi? Aslida gap nimada?! Yangiliklar

De Rossi faoliyatini tugatishiga kim majbur qildi? Aslida gap nimada?!

Endi u yana "Roma"ga qaytadi-mi...?

"Turmush o'rtog'im tunda uyg'onib ketdi va ajablandi: uxlolmay, shiftga qarab yotardim". Xayrlashuv matbuot anjumanida Daniele de Rossi Argentinada duch kelgan muammolarini keskin tarzda tasvirlab berdi. "Futboldan oktyabr-noyabr oylarida ketishni rejalashtirgandim, — tan oldi italiyalik. — Aslida 50 yoshimgacha o'ynash niyatim bor edi. Ajoyib faoliyat yuritdim, dunyodagi eng kuchli futbolchilar bilan o'ynadim. Hayotimdagi ikki muhim jamoa safida to'p tepdim: "Roma" va "Boka". Boshqa narsa haqida esa orzu ham qilmadim. Biroq qachondir barchasiga nuqta qo'yish kerak. Hozir buning ayni vaqti deb o'ylayman".

De Rossi iyulda Argentinaga ko'chib bordi: o'shanda uning orzusi amalga oshganini bong urib aytgan edi. Italyanni aeroportda yuzlab muxlislar kutib oldi, ommaviy axborot vositalari esa uni klub tarixidagi eng yirik shartnoma tuzgan o'yinchi deb etirof etdi. Ehtimol, rostdan ham shunday bo'lgandir, ammo Daniele maydonda "Boka"ga o'z imkoniyatlari doirasida yordam berolmadi.


De Rossi ko'p jarohat oldi va har safar tiklanish jarayonini tezlashtirishga intildi, buning oqibatida yana jarohatlar... Natijada deyarli o'ynamadi

Daniele iyul oxirlarida "Boka"ga o'tdi, jamoa murabbiyi Gustavo Alfaro yangi o'yinchini shoshirmaslikka vada bergandi: "U kamida ikki hafta mashq qilishiga kelishib oldik". De Rossi haqiqatdan ham oradan ikki hafta o'tib debyut qildi — Argentina Kubogi doirasida "Almagro"ga qarshi bahsda gol urdi.

De Rossi juda erta o'ynashni boshlagani va yuklamalarga tayyor emasligiga argentinaliklarning ishonchi komil edi. Ikki yarim hafta ichida 5ta o'yin o'tkazdi. Sentyabrdan dekabrgacha esa atigi 2ta uchrashuvda maydonga tushdi. "River Pleyt"ga qarshi bahsdagi durang (0:0)dan so'ng (u derbigacha jismoniy holatini yaxshilashga harakat qildi), de Rossining tizzasi jarohatlandi va 3 haftaga safdan chiqdi.



U "River" bilan bo'ladigan keyingi bahsgacha sog'ayishga harakat qildi. 23 oktyabr kuni jamoalar Kopa Libertadores doirasida uchrashdilar. "Boka" 1:0 hisob bilan g'alabaga erishdi, biroq de Rossi bahsni zaxira o'rindig'idan tomosha qildi. Oradan ko'p o'tmay italyan yana jarohat oldi — bu safar tos mushaklari lat edi. SHifokorlar bu gal sog'ayib ketishi uchun qancha vaqt ketishini aniq ayta olmadilar.

Nikolas Burdisso, "Boka" direktori va Danielening yaqin do'sti, bu muammolarga ahamiyat bermadi. "De Rossi Argentina haqida orzu qilgani uchun shu erga keldi. "River"ga qarshi uchrashuvda o'ynashni juda xohlagandi, lekin yana jarohat oldi va maydonga tushish unga nasib qilmadi. Umid qilamanki, Daniele tez orada sog'ayib ketadi. Rahbariyat bunga shubha qilayotgani yo'q. "Boka"ga uning hali ko'p yordami tegadi", — degan edi direktor oktyabr oxirlarida.

Oradan bir oy o'tdi. De Rossi safga qaytdi. 24 noyabr kuni zaxiradan maydonga tushdi va yarim taym o'ynadi. 8 dekabrda "Boka"ning 2019 yildagi eng so'nggi o'yinida boshlang'ich tarkib bilan maydonga tushdi va 71 daqiqa harakatlandi. Kelasi kuni esa klub prezidenti o'zgardi: Xorxe Ameal.


"Boka"ning yangi xo'jayini darhol de Rossi shartnomasini qayta ko'rib chiqishlarini malum qildi. U ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqay boshladi

Prezident Danielening kelajagi borasida noaniq gaplar aytdi: "U nima qilishini biz oldindan bilmaymiz. "Boka"da qoladimi yoki yo'q, buni ham aniq aytolmaymiz. Klubga uni boshqa insonlar olib kelgan, shuning uchun bir nima deya olmaymiz. Uning shartnomasi qayta ko'rib chiqiladi".


Yangi yildan biroz oldin de Rossi jamoaga o'tishida muhim rol o'ynagan Burdisso istefoga chiqdi. Ko'p o'tmay "Boka" bosh murabbiyi ham o'zgardi. Argentinalik jurnalistlar bunday almashinuvlardan keyin de Rossi tez orada Italiyaga qaytib ketishi mumkin deb tahmin qilishdi. Daniele bu vaziyatga hech qanday izoh bermadi. Yanvar boshida jamoa tatildan qaytdi, italyan ham butun klub bilan mashg'ulotlarga qo'shildi.

Hammasi kutilmaganda sodir bo'ldi. Italiyaning asosiy insayderi Janluka di Marcio, matbuot anjumani boshlanishidan bir necha soat avval, de Rossi jamoadan ketishi haqida xabar berdi. Turli xil mish-mishlar tarqadi: de Rossi qizining oldida bo'lishni xohladi — farzandining sog'lig'i bilan bog'liq muammolar bor ekan. Biroq Daniele 14 yoshli Gayya (uning katta qizi Argentinaga ko'chib bormagandi) sog'lom ekani, "Boka"ning yangi bosslari bilan ham hech qanday zaddiyat kelib chiqmaganini tasdiqladi. Faoliyatini yakunlash haqida esa bir necha oydan buyon o'ylab yurganini aytdi.


Daniele shunchaki oilasi bag'rida bo'lishni istagan ekan

"Mening ham, oila azolarimning ham sog'lig'i joyida. Biroq 36 yoshdaman, 25da emas! Oilam bag'rida bo'lishni xohlayman. Yana 10 yil o'ynashni istardim. Ammo Gayya 14ga qadam qo'di, bunday yoshda ota farzandi yonida bo'lishi lozim deb hisoblayman", — dedi de Rossi matbuot anjumanida.

"Menda "Boka" bilan bog'liq hech qanday muammo yo'q. Yaqinda yangi xo'jayin bilan suhbatlashdim, o'rtamizda kelishmovchilik va nizo yo'q. Ular meni olib qolishga urundilar, ammo o'ylab ko'rish niyatim yo'q. "Boka" ham oilamning bir bo'lagiga aylandi".

Matbuot anjumanida prezident Ameal ham ishtirok etdi va u ham mish-mishlarni inkor etdi: "Daniele bilan o'rtamizda hech qanday muammo yo'q. Barcha gapimiz rost. Danielening tanlovini tushunaman — u Evropada bizning elchimiz bo'lishini istayman. De Rossining tajribasi klubimizga italiyalik va evropalik iqtidorli o'yinchilar kelishida yordam beradi deb umid qilaman".


De Rossi shug'ullantirishni orzu qiladi. Ehtimol, yana "Roma"ga qaytar... 

"Roma"ning sobiq murabbiyi Eusebio Di Franchesko bir qancha vaqt avval de Rossini bo'lajak murabbiy sifatida ko'rayotganini aytgandi: "U o'ziga xos xarakter, tajriba va bilimga ega. De Rossi ko'plab mutaxassislar bilan ishlagan. U yuqori salohiyatga ega inson".

"Men futbol sohasida qolishim aniq, ammo nima bilan shug'ullanishni hali aniq bilmayman, — deydi futbolchi. — Murabbiy bo'lishni istardim, lekin buning uchun juda ko'p narsani o'rganishim kerak.

A Seriyada ishlash licenziyasini beruvchi kurslar oktyabr oyida start oladi, S Seriya hamda yoshdar jamoasida faoliyat olib borish huquqiga esa yozda ega bo'lish mumkin. Oktyabrda "La Gazzetta dello Sport" nashri de Rossi "Boka" bilan shartnomasi tugagandan so'ng "Roma"ga qaytadi deb xabar bergandi. Uning otasi Alberto, hozirda Primaverani shug'ullantiradi, yoshlar tizimi ustozi bo'lishi va o'g'liga o'z o'rnini bo'shatib berishini malum qildi.

O'sha payt bunga ishonish qiyin edi, lekin endi vaziyat o'zgardi: katta ehtimol bilan yozda Pallotta klubdan ketadi. Amerikalik milliarder Den Fridkin esa "Roma"ga boshchilik qilishga yaqin turibdi. "Sorriere dello Sport" nashri malumotlariga qaraganda, u de Rossini jamoaga qaytarmoqchi ekan. Biroq "La Gazzetta dello Sport" nashri biroz boshqacha xabar tarqatdi: unga ko'ra, hech kim Daniele bilan suhbatlashmapti.

Sobiq yarim himoyachi uchun yana bir variant — Italiya futbol Federaciyasi. U erda afsonviy o'yinchi uchun ish topiladi, lekin hozircha u Koverchanoda tahsil olmoqda. Muxlislar uni "Roma"ga qaytarishlarini so'rashdi. Ammo endi buyog'ini vaqt ko'rsatadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика