De Paul va di Mariya Xorvatiya bilan o'yinga tayyor
12 dek 2022 22:06
Yangiliklar
De Paul va di Mariya Xorvatiya bilan o'yinga tayyor
Argentina terma jamoasi yarim himoyachilari Rodrigo de Paul va Anxel di Mariya Xorvatiyaga qarshi bo'lib o'tadigan jahon chempionati yarim final uchrashuvida ishtirok etishga tayyor.
“Oq-havoranglilar” bosh murabbiyi Lionel Skaloni bugungi matbuot anjumanida ikkala futbolchi ham Xorvatiyaga qarshi yarim finalda o'z jamoasiga yordam berishga tayyor ekanligini malum qildi.
Eslatib o'tamiz, di Mariya Argentina terma jamoasining ushbu mundialdagi atigi bitta o'yinini asosiy tarkibda boshladi. De Paul esa muntazam ravishda boshlang'ich tarkibda maydonga tushmoqda.
Fikrlar