De Paul: "35 yoshli Messi eng yaxshisi bo'lib qolmoqda"
07 dek 2022 17:29
Yangiliklar
De Paul: "35 yoshli Messi eng yaxshisi bo'lib qolmoqda"
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrigo de Paul jamoa sardori Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men uni inson sifatida juda qadrlayman. Uni yaxshi ko'raman. 35 yoshida ham hammadan yaxshi bo'lib qolgani, maydonda bor kuchini bergani uchun undan minnatdorman.
Messi ko'p narsaga loyiq, chunki u terma jamoada o'ynashni yaxshi ko'radi. U hali ham juda tez. Aql bovar qilmaydi", – dedi de Paul.
Argentina chorak finalda Niderlandiya bilan bahs olib boradi. Uchrashuv 9 dekabrga belgilangan.
Fikrlar