De Ligt Sane goli payti yiqilgani haqida: "Omadim kelmadi"
25 mar 2019 11:10
Yangiliklar


De Ligt Sane goli payti yiqilgani haqida: "Omadim kelmadi"
Gollandiya terma jamoasi himoyachisi Mateys de Ligt Germaniyaga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv haqida (2:3) fikr bildirdi.
- Birinchi bo'limda yaxshi o'ynay olmadik, raqibga yaxshi bosim o'tkaza olmadik. Tanaffusdan so'ng o'zimizga kelib oldik va ular uzun paslar orqali o'ynay boshlashdi - bu men va Virjil van Deyk uchun qulay.
Ikkinchi taymda erkinroq harakat qila boshladik, chunki 0:2 hisobida mag'lub bo'layotgan edik. Yaxshi o'yin ko'rsatishga bitta bo'lim kechikdik. Ha, men gol ura olaman, ammo ochko olganimiz yaxshiroq edi.
- Sane gol urgan paytda yiqilib tushdingiz?
- Qanotdan pas bo'ldi, maydon biroz sirpanchiq edi, omadim kelmadi, u esa gol urishni juda yaxshi biladi" - deydi de Ligt.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar