De Ligt bugun Turinga keladi
15 iyu 2019 13:02
Yangiliklar
De Ligt bugun Turinga keladi
"Ayaks" himoyachisi Matteys De Ligt bugun Turinga tibbiy ko'rikdan o'tish maqsadida keladi.
Uning "Yuventus"ga o'tishi deyarli hal bo'lgan.
Oldinroq klublar shartnoma borasida kelishuvga erishishgani to'g'risidagi xabarlar yangragandi. Bitim 65 million evroga baholanmoqda va bundan tashqari bonuslar ham yo'q emas.
19 yoshli himoyachi "Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017 yildan buyon Gollandiya terma jamoasida harakat qilib kelmoqda.
Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assistga erishgan.
De Ligt "keksa sinora" bilan 2024 yilgacha bo'lgan shartnomaga imzo chekishi va yiliga 12 million evro maosh olishi kutilmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar