De Laurentis: "Aytyapmanku - Iguainning transfer narxi hozir ham 94 mln. evro"
17 jan 2016 16:41
Yangiliklar
De Laurentis: "Aytyapmanku - Iguainning transfer narxi hozir ham 94 mln. evro"
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentisning so'zlariga ko'ra, jamoa hujumchisi Gonsalo Iguainning narxi hozir ham 94 mln. evro.
Futbolchi A Seriyaning 20 uchrashuvida 20 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
"Aytyapmanku - Iguainning transfer narxi hozir ham 94 mln. evro, uning shartnomasida aynan shu narx ko'rsatilgan. Bu narx yozilishining sababi, men futbolchilar nimaga qodirligini bilaman va mana - Iguain 20 ta gol urdi.
Endi "Inter"ni to'rt ochko ortda qoldiryapmiz. Bu yaxshi, ammo "Yuventus" yanada xavfli raqib, chunki "Inter" o'z muammolarini hal qilishi kerak, "keksa sinora"da esa chempionlik tajribasi bor" - deydi De Laurentis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar