De Bryuyne maydondagi o'zining eng kuchli sifati haqida aytib berdi
09 apr 2018 14:15
Yangiliklar
De Bryuyne maydondagi o'zining eng kuchli sifati haqida aytib berdi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne o'zining eng kuchli o'yin sifati haqida so'zlab berdi.
"Har kuni Gvardiola bilan ishlash men uchun oson. Men va Pep bir-birimizni yaxshi tushunamiz, shunday ekan qiyin emas. U aqlli, taktik jihatdan kuchli, uning futbol falsafasi meniki bilan mos tushadi, hammasi yaxshi. Tayyorgarlik uchun menga ko'p vaqt kerak bo'lmadi, o'tgan mavsum jamoaga kelishim bilan hammasini tezlik bilan tushunib oldim.
Hamma uning uslubida o'ynashni o'rganishi kerak. U biz uchun ajoyib topilma. Maydondagi o'zimning eng kuchli sifatim? Boshim" - deydi belgiyalik.
Fikrlar