So’nggi yangiliklar

20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  2 20:10Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  136 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  33 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2

De Bryuyne Burundi terma jamoasida o'ynashi mumkin edi? Aa? Yangiliklar

De Bryuyne Burundi terma jamoasida o'ynashi mumkin edi? Aa?

Parallel olamdan syujet.

Tushunish kerak bo'lgan fakt: "Manchester Siti" va Belgiya terma jamoasi yulduzi Kevin De Bryuyne Burundi terma jamoasi sharafini himoya qilishi mumkin edi.


Sababi oddiy: De Bryuynening onasi Burundidan

Kevin Gentning kurort tumani bo'lgan Drongenda tug'ilgan. Onasi Ann Kallan esa Angliyaga ko'chib kelgunga qadar Burundida ulg'aygan. Annning oilasi fuqarolik urushidan qochgan. Kallan Belgiyada bo'lgan payti Ervig De Bryuyne bilan tanishgan.

Aytgancha, uning otasi Kevin bobo haligacha London g'arbida yashaydi.



Kevin hech qachon o'z avlodlari haqida gapirmagan. Ammo, aloqadorlik "Man Siti" saytida tasodifan eslatib o'tilgan.

KDB Burundi variantini ko'rib chiqmagan, sababi u Belgiyada iqtidor hisoblangan. Garchi hammasi birdan muvaffaqiyatli kechmagan bo'lsa ham.

De Bryuyne 13 yosh bo'lganda uning qaysarligi hatto murabbiylarining ham joniga tekkan. U hech qachon eshitmagan, doim barchasini o'z bilganicha qilgan va shu sababdan ham "Gent"dan ketgan. Uni "Bryugge" va "Anderlext" o'z safiga chaqirgan, ammo belgiyalik eng uzoq variant bo'lmish "Genk"ni tanlagan.

SHunday qilib Kevin uyini tark etib maktab internatiga joylashdi, qo'shnilaridan uzoqda yashadi va yolg'izlikda azob chekdi.

De Bryuyne maktabni yakunlaganidan so'ng "Genk" bilan hamkorlik qiladigan oilada yashadi. Ammo, uyiga tatilga kelgan Kevin ota-onasidan shunday gaplarni eshitdi: "Ularga qayta olmaysan. Ortiq sen ular bilan yashashingni xohlashmayapti". Yigitcha ilk marta ikkiyuzlamachilikka duch keldi, uni juda og'ir o'smir deb hisoblashgan.

Kevinning ota-onasi u ko'chib o'tishi uchun yangi oila topishdi. Ammo, u erda boshqa muammolar boshlandi: De Bryuyne o'sdi va mushaklarida tez-tez jarohatlar paydo bo'ldi, shu sabab unga professional shartnoma berishdan qo'rqishdi. Ammo, u maydonga qaytganda bir taymning o'zida beshta to'p kiritdi. KDB tez orada "Genk"ning bosh jamoasiga o'tdi.


Burundi terma jamoasi haqida nimalarni bilamiz?

Burundi terma jamoasi FIFA reytingida 139-o'rinda. Eng yuqori natija 1993 yilda 96-o'rin bo'lgan.



Burundi hech qachon jahon chempionatida bo'lmagan, Afrika millatlar kubogida ham yaqinda debyut qildi: 2019 yilda hal qiluvchi o'yinda Gabon terma jamoasi bilan durang o'ynagan holda tarixda ilk bor saralashdan o'tdi. Guruhdagi barcha o'yinda mag'lubiyatga uchrashdi va gol ura olishmadi.

Burundi terma jamoasi Kot-d'Ivuardagi turnirga yo'llanma ola bilmadi.

Deyarli barcha futbolchilar Afrika chempionatlarida o'ynashadi. Asosiy yulduz – "Nicca"ning 25 yoshli tayanch yarim himoyachisi Yussuf Ndayshimi, uni 18 mln evroga baholashmoqda. Qachonlardir Keyndan ham iqtidorliroq deya baholangan forvard Saydo Beraino Burundi terma jamoasida taxminan 20ta o'yinda harakat qilgan.

Ular Kevin bilan Afrika kubogiga ko'proq chiqishlari mumkin edi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика