De Bryuyne: "APLning eng yaxshi futbolchisi sovriniga munosibman"
03 apr 2018 15:48
Yangiliklar
De Bryuyne: "APLning eng yaxshi futbolchisi sovriniga munosibman"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne joriy mavsumdagi o'z o'yiniga baho berdi.
"Har bir insonning o'z fikri bor. Bu odamlar futbolchidan nima kutayotganiga bog'liq. Saloh hayratlanarli o'yin ko'rsatmoqda. Bu mavsum juda ajoyib harakat qilyapti. Bizni solishtirish mumkinligini bilmayman. Statistika bo'yicha tenglashtirishning iloji yo'q. "Everton" bilan bahsda tayanch yarim himoyachisi rolida edim, shu sababli hujumchi bilan solishtirib bo'lmaydi.
Premer-liganing eng yaxshi futbolchisi uchun sovrin? O'ylashimcha, bu men va jamoa uchun ham yaxshi bo'lardi. Ushbu sovringa munosibman deb o'ylayman, chunki joriy mavsum barqaror o'yin ko'rsatdim. Bunchalik yaxshi o'ynashimni o'zim kutmagan edim. Saviyamga shubha bo'lgan birorta uchrashuv bo'lmadi" - deydi De Bryuyne.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar