So’nggi yangiliklar

14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  13

"De Bryoyne - bolakay" yohud Mourino mensimagan Kevin va 4 yulduz Yangiliklar

"De Bryoyne - bolakay" yohud Mourino mensimagan Kevin va 4 yulduz

So'nggi vaqtlarda Pol Pogba hamda Joze Mourino o'rtasidagi mojarolar avj olmoqda.

Murabbiy futbolchini boshqa joyga qo'yib yuborishni ham, asosiy tarkibga qo'yishni ham xohlamayapti. Agarda Pogba jamoasini o'zgartirsa, albatta bundan-da yaxshi darajada o'ynay oladi, bu esa Mourinoning katta xatosi bo'ladi. Oldin portugaliyalik mutaxassis bunday xatoliklarga yo'l qo'ygan. Bunga 5 misol keltirsak bo'ladi.

KEVIN DE BRYOYNE

Ayni damda APLning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri 2012 yilda "CHelsi" tarkibida bo'lgan, biroq ijarada boshqa klubda o'ynagan. 13/14 yilgi mavsumda esa asosiy tarkibda "Xall"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan va unda golli pas bergan. Biroq Mour uni zaxiraga o'tkazib qo'yaverdi. Bunga u shunday izoh bildirgan:

"De Bryoyne haqida nima deyman? Agarda tarkibingizda ketishni xohlayotgan futbolchi bo'lsa, qarorni to'g'ri tushunish kerak. Unda biz uchun o'ynash ishtiyoqi yo'q edi. Agarda u tarkibimizda qolganda, "Volfsburg"dagi kabi o'ynay olmasdi. SHuningdek, uni katta narxga sota olmasdik.

De Bryoyne "CHelsi"da bolakay edi, juda yomon mashg'ulot o'tardi".

MUHAMMAD SALOH

Saloh bu mavsumda "Liverpul" tarkibida barcha turnirlarda 30dan oshiq gol kiritishga erishdi. APLda gol urish borasida faqatgina Xarri Keyndan ortda qolmoqda. Albatta "Liverpul" tayyor futbolchini sotib oldi, uning potenciali "Roma"daligida ham yuqori edi. Biroq u ham Joze Mourinoga yoqmagan.

2014 yil yanvarda Saloh "CHelsi" futbolchisiga aylandi. U jamoa bilan 5 yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. U yaxshi o'ynadi, biroq Salohning raqobatchilari - Eden Azar va Villian yaxshi jismoniy holatda edi. SHuningdek murabbiy chempion jamoani tezda qurib oldi. Bunda unga Saloh kerak bo'lmadi.

Agarda Britaniya matbuotiga ishonadigan bo'lsak, Saloh zaxirada o'tirsa ham o'z navbatini kutgan. Etiborli tomoni shundaki, Joze uni har doim ham tanqid qilavermagan. Uning holati ayni damdagi Genrix Mxitaryanniki bilan o'xshash bo'lgandi. Murabbiy misrlik futbolchini chempion jamoaga kerakli deb hisoblamagandi.

DAVID LUIS

Braziliyalik futbolchi yangilangan PSJning omadi bo'ldi, keyinchalik u Antonio Kontening "CHelsi"siga qaytdi. Buning barchasi Mourino erasidan keyin bo'lib o'tdi. 2014 yilning yozida Joze kutilmaganda himoyachini Parij superklubiga sotib yuborishga ahd qildi. Luisning imkoniyatlari juda yaxshi edi, biroq murabbiy buni hisobga olmadi.

"Mourino - siz uchun muxim murabbiy, biroq men uchun emas.

Faqatgina menga emas, ko'pchilik uni yoqtirmaydi, sababi u juda optimist. Muxlislar himoyachini har doim pessimist bo'lishini istashadi. Men esa har doim pozitiv bo'lishni xohlayman. Har doim o'zimni xursand qiluvchi fikrlar haqida o'ylayman", - dedi braziliyalik futbolchi.

LEONARDO BONUCHCHI

Ayni damda "Milan"ning sardori faoliyatining eng yaxshi onlarini "Yuventus" tarkibida o'tkazgan. U erda yosh himoyachilar uchun haqiqiy tajriba maktabini o'tagan. Biroq hamma ham Leoning Joze bilan munozarada bo'lganini eslay olmaydi. Portugaliyalik mutaxassis "Inter"ni boshqargan vaqtida Leoning ishtiyoqidan foydalanishni istamagan. 2009 yilda italiyalik futbolchining "Jenoa" tarkibiga ko'chib o'tishiga rozi bo'lgan. Mourino qo'l ostida yosh Leo birorta uchrashuvda maydonga tushmagan. Albatta, o'sha vaqtlarda afsonaviy "Inter"da uning qiladigan ishi ham yo'q edi, biroq Joze Leoga imkoniyat berishni istamagan ham.

XUAN MATA

Joze Mourino "CHelsi"ga qaytguncha Mata jamoaning eng yaxshi futbolchisi edi. Ikki marta u "CHelsi" tarkibida oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lgandi, hattoki yil ramziy termasiga ham kiritilgandi. Biroq o'sha paytda "CHelsi" chempionlik uchun kurasha olmasdi. 2013/14 yil mavsumga borib barchasi o'zgardi. Portugaliyalik mutaxassisga ispaniyalik futbolchining o'yini yoqmadi. Uning o'rniga Oskarni maqul ko'rdi.

2014 yilda Xuan "Yunayted" tarkibiga o'tdi. Mata MYUda yana eng yaxshi o'yinlarini namoyish etishni boshladi va tez orada Joze ham "Old Trafford" egasi ustoziga aylandi. Qizig'i, Mata Jozening ilk mavsumida kam gol urgan "Yunayted"ning asosiy etakchisiga aylandi.

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика